TTPUda “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktor...
Bugun, 17-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori Saidazim Mirkamolovich G‘ulomov TTPU talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, uning rivojlanish tarixi, ishlab chiqarish quvvatlari, BDOHC va yangi avlod CSS Prime dvigatellari, ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, kompaniyada qo‘llanilayotgan zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari, sifat nazorati, innovatsion texnologiyalar hamda ekologik barqarorlik yo‘nalishidagi loyihalar haqida ma’lumot berildi.
💬 Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🎁 Uchrashuv yakunida faol talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.