"UzAuto Motors" AJ bosh direktori hamda talabalar...
Joriy yilning 30-aprel kuni TTPUda “Har payshanba – Yoshlar kuni” doirasida “UzAuto Motors” AJ bosh direktori Yanosh Kovach bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot markazida avtomobilsozlikning bugungi holati va sohadagi global o‘zgarishlar tahlili turdi. Yanosh Kovach kompaniyaning strategik rejalari, xususan, elektromobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va innovatsiyalarni joriy etish masalalariga alohida to‘xtaldi. Talabalar yashil texnologiyalar hamda sohaning raqamli kelajagi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida iqtidorli yoshlar uchun karyera istiqbollari va amaliyot dasturlari muhokama qilindi. Bosh direktor korxona zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar uchun doimo ochiq ekanligini ta’kidladi.