“UzAuto Motors” AJda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga va 3-presslash tsexi ochilishiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi
“UzAuto Motors” AJda O'zbekiston Respublikasi must...
“UzAuto Motors” AJda mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiluvchi 3-presslash sexi ishga tushirilishi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Mazkur loyiha orqali yiliga qo‘shimcha 140 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu esa, hozirda yiliga 410 ming dona avtomobil ishlab chiqarayotgan korxona salohiyatini 550 ming donaga yetkazadi. Natijada ishlab chiqarish hajmi avvalgiga nisbatan 25,4%ga oshadi.
Tashkil etilgan tadbirda O‘zavtosanoat hamda UzAuto Motors rahbariyati barcha ishchi-xodimlarni eng ulug‘ va aziz bayram — Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladilar. Yirik ahamiyatga ega loyiha ishga tushirilishi munosabati bilan avtomobilsozlik sohasi taraqqiyotiga fidoyi mehnati va hissasini qo‘shayotgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorlik bildirildi va ular munosib ravishda rag‘batlantirildi.