UzAuto Motors xodimi “Armrestling” boʻyicha Jahon...
Ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida “armrestling“ sport turi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ushbu musobaqada 51 mamlakatdan 1 200 nafardan ziyod sportchilar orasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida “UzAuto Motors” AJ Xorazm filialining payvandlash sexi xodimi Yoʻldoshev Yarashboy mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi va faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. U 60 kg vazn toifasida bahslarda qatnashib, bronza medali bilan taqdirlandi.
“UzAuto Motors” AJ jamoasi Yoʻldoshev Yarashboy va uning oila a’zolarini gʻalaba bilan muborakbod etadi. Keyingi musobaqalarda Oʻzbekiston bayrogʻini shohsupaning eng yuqori choʻqqisiga koʻtarishda omad va yangidan yangi zafarlar tilaydi.