Zamonaviy beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillari: O‘zbekistonda tez tibbiy yordam infratuzilmasini rivojlantirishning yangi bosqichi
Zamonaviy beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tib...
Bugun O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi qadam tashlandi ya'ni Sog‘liqni saqlash vazirligiga navbatdagi 100 donaga yaqin “Jizzax Auto” kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy beshinchi avlod "Volkswagen Caddy" rusumidagi tez tibbiy yordam avtomobillarining yangi partiyasi topshirildi. “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomobillarini tantanali topshirish marosimida ishtirok etgan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari mazkur voqelikning mamlakatimiz tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirishda ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladilar.
Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari ushbu transport vositalari bemorlarga yordam ko'rsatishda ishonchli vosita sifatida allaqachon o'zini namoyon qilganini shuningdek, mazkur avtomobillarning harakatlanish qobiliyati yuqoriligi va ishonchliligi bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishi bilan birga shifokorlarning og’ir ish jarayonida ajralmas hamrohiga aylanishini ta'kidladilar.
“Jizzax avto” korxonasi direktori Oybek Ayubov respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun “Volkswagen Caddy” rusumidagi avtomobillarning tanlab olinishi ahamiyati va to‘g‘ri yechim ekaniga urg'u berdi. Uning aytishicha, korxona mutaxassislari tomonidan sifatli va qulay tez tibbiy yordam mashinalarini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Yangi avtomobillar barcha so‘nggi talablar asosida zamonaviy va qulay texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.
“Volkswagen” konsernining avtomobillarga qo’yilgan yuqori standartlari asosida Yevropa sifatiga mos keluvchi yuqori manyovr va yaxshi texnik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan qulay avtomobillarni ishlab chiqish va yaratish imkonini berdi. Shu bois aholiga samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun aynan “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez tibbiy yordam mashinalari tanlab olindi.
Avtomobil tibbiy salonida shovqin va tebranish izolyatsiyasi, bemorni namlantiruvchi kislorod bilan ta'minlash tizimi, dastakli infuzion tizim, bemorni tashish uchun ko'p funktsiyali nosilkalar hamda konditsioner tizimining mavjudligi, nafaqat bemor va tibbiyot xodimlari uchun qulaylik yaratadi, balki, harakatlanish paytida avtomobil ichida tezkor tibbiy yordam ko’rsatish imkoniyatini beradi.
Yangi tez tibbiy yordam mashinalarining asosiy xususiyatlari orasida avtomobil tibbiy salonida shovqin va tebranish izolyatsiyasi, bemorni namlantiruvchi kislorod bilan ta'minlash tizimi, dastakli infuzion tizim, bemorni tashish uchun ko'p funktsiyali nosilkalar hamda konditsioner tizimining mavjudligi, nafaqat bemor va tibbiyot xodimlari uchun qulaylik yaratadi, balki, harakatlanish paytida avtomobil ichida tezkor tibbiy yordam ko’rsatish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi parkidagi ham ma’nan ham jismonan eskirgan tez tibbiy yordam avtomobillarning bir qismini almashtirish uchun “Jizzax avto” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududlarga “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinalarini yetkazib berish davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar “Jizzax avto” yana 600 ga yaqin Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu albatta, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi va sifatini oshirishga yordam beradi hamda O‘zbekistonda tez tibbiy yordam infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.