Обращение председателя правления АО "Узавтосаноат"

Hurmatli hamkasblar!

Oʼz faoliyatini 1994 yilda boshlagan “UzAuto” kompaniyamiz katta natijalarga erishdi. Bularning barchasi Siz, UzAutoda ishlaydigan va ishlagan insonlar evaziga qoʼlga kiritildi. Аxir bizning ishchilarimiz – bizning asosiy kuchimiz, boyligimizdir.

Bugungi kunda shiddat bilan oʼzgarib borayotgan zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida biz qonuniy talablarga rioya qilish bilan cheklanib qolmay, balki biznes yuritishning axloqiy tamoyillariga asoslanib ham ish yuritmoqdamiz.

Maqsadlarimizga erishish maqsadida xodimlarimizga toʼgʼri qarorlar qabul qilishga, ochiq va oshkora harakatlanishlariga imkon berishimiz lozim.

Shu nuqtai nazardan, Odob-axloq kodeksimiz juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kodeksimiz kutilayotgan xatti-harakatlar toʼgʼrisida batafsil maʼlumot berish hamda meʼyorlar va axloqiy xulq-atvorga rioya etishga hissa qoʼshish orqali qadriyatlarimizga asoslanadi.

Kodeks bizning Biznes hamkorlarimizning niyatlariga munosib ekanligimizning kafolatidir.

Biz Kompaniya sifatida uzoq muddatli va muvaffaqiyatli biznesni qurishni maqsad qilganmiz. Shuning uchun hech qachon Kodeks qoidalarini eʼtiborsiz qoldirmang va muvaffaqiyatimiz har birimizga hamda bizning hurmatli va ishonchli Kompaniyamiz singari kelajak sari qanchalik olgʼa bora olishimizga bogʼliqligini unutmang.

Bizning katta oilamiz - Oʼzbekistonda va boshqa mamlakatlarda 25 mingdan ortiq xodimga ega, bu esa kompaniyaning uzoq yillar davomida gullab-yashnashini taʼminlaydi.

Men sizning har biringiz vaqt ajratib, Kodeks bilan tanishishingiz va uning faoliyatingiz bilan qanday bogʼliqligini oʼylab koʼrishingizni istardim. Аgar savollar paydo boʼlsa yoki toʼgʼri qaror qabul qilish uchun maslahat zarur boʼlsa, bizning Komplaens departamentimiz va Yuridik boshqarmamiz xodimlari Sizga mamnuniyat bilan maslahat beradi.