"AgroTech Klaster" muhandis kadrlar tayyorlashda t...
Davlat rahbari raisiligida muhandislik sohalarida ilm va ta'limni rivojlantirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muloqotida ilgari surilgan vazifalar ijrosini samarali amalga oshirish maqsadida Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti hamda Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri - "AgroTech Klaster" o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Dastlab, Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti rahbariyati "AgroTech Klaster" faoliyatini o‘rganish maqsadida Ishlab chiqarish, Bo‘yoqlash va Yig‘uv sexlaridagi ish jarayonini o‘rganishdi.
"AgroTech Klaster" aynan texnika va muhandislik sohalarida tahsil olayotgan talabalarning bilim va malakalarini oshirishlari uchun katta va qulay tajriba maydoni bo‘la oladi. Sababi, bu yerda material tayyorlashdan to tayyor mahsulot ishlab chiqargungacha bo‘lgan barcha yo‘nalishdagi jarayonlar zamonaviy texnika va texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. Yoshlar bizning klasterda tajriba orttirish bilan birga bu yerdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, sifatni oshirish, mahsulot tannarxi bilan bog‘liq masalalarda qaratilgan zamonaviy yechim va takliflarini ham berib borishlari mumkin."-dedi "AgroTech Klaster" bosh direktori Azizbek Muhitdinov.
So‘ng, muhandislik yo‘nalishida startap va innovatsion loyihalar yaratish istagidagi talabalarga sharoitlar yaratish, o‘z g‘oyalarini amaliyotda tadbiq etishlari uchun imkoniyatlar eshiklarini ochishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ta’lim jarayonida talaba olgan nazariy bilimlarini bir vaqtning o‘zida mazkur klasterda amalda qo‘llab, mutaxassislik bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashi hamda korxona ehtiyojlaridan kelib chiqqanholda muhandislik va texnika yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash maqsadida professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish masalasiga alohida urg‘u qaratildi. "AgroTech Klaster" faoliyati ilm-fan, injiniring va ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangani bois talabalar nazariy Oliy ta'lim muassasasida, amaliy bilimlarini esa klasterda oshirishlari uchun markaz tashkil etishga kelishib olindi.
"Davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bizga aniq vazifalar belgilab berildi. Biz bulari aniq va samarali tashkil etish maqsadida "AgroTech Klaster" rahbariyati bilan uchrashib muhandislik yo‘nalishida malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik bo‘yicha muzokara olib bordik. Ushbu munosabatlar yaqin orada ilk natijasini bera boshlaydi. Yana bir muhim masala bu yangi avlod muhandislarini tayyorlashda aynan ishlab chiqarish jarayonini yaqindan o‘rganishlari aniqrog‘i dual ta'limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdik. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab talabalar dual ta'lim tizimi asosida tahsil olishni boshlaydilar. Shu bilan birga mavjud mutaxassislarni qayta tayyorlov kursini ham yo‘lga qo‘yamiz."-dedi Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev.
"AgroTech Klaster" o‘z faoliyatini ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida olib borar ekan, Respublikamizdagi barcha muhandilik va texnika kabi mutaxassisliklarga ixtsoslashgan Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatishni maqsad qilgan.