“Auto Rubber” korxonasi Xalqaro sifat menejmenti v...
Avtomobilsozlik sohasi uchun dinamik hamda statik rezina jipslovchilari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Auto Rubber” MChJ tomonidan "UzAuto Motors" AJ, "DMC Jizzakh" MChJ, "Uz Dong Yang Ko", "Uz Koram Ko", "Uz Chasys" kabi korxonalarga yuqori sifatli butlovchi qismlar yetkazib bermoqda. Korxona o‘z imdijini oshirish, kooperatsion aloqalarni kengaytirish eng muhimi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi samaradorlikni oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Bugunga qadar mahsulot sifatini nazorat qilib borish bo‘yicha korxonada maxsus sertifikatga ega zamonaviy laboratoriya tashkil qilingan edi. Xalqaro sifat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ichki auditlar va treninglarning ijobiy xulosasiga ko‘ra, korxona xalqaro sifat menejmenti talablarini to‘liq bajargan holda joriy yilning avgust oyida "Auto Rubber" korxonasi - ISO-9001:2015 hamda IATF 16949:2016 xalqaro standart sertifikatlarini olishga erishdi.
Korxona tomonidan qo‘lga kiritilgan ISO-9001:2015 sertifikati - jahon miqyosida tan olingan sifat menejmenti standarti bo‘lib, korxonada xalqaro standart qoidalari va talablariga muvofiq amalga oshirilgan sifat menejmenti tizimi (SMT) mavjudligi hamda amalda qo‘llanilayotgani qolaversa, mazkur tizim doimiy takomillashtirilib borilayotganini tasdiqlaydi. Shuning uchun, ISO 9001 sertifikati sifat va barqarorlikning kafolati sifatida ish faoliyatini yaxshilash, mijozlarning talablarini qondirish hamda yuqori sifatga sodiqligini namoyish etishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari "Auto Rubber" korxonasi IATF 16949:2016 standarti orqali jahon bozorida avtomobil ishlab chiqaruvchilarning ta'minot zanjiriga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish, ishlab chiqarish jarayonida samaradorlikni oshirish, ta’minot zanjiri bo‘ylab yuqori sifatli mahsulot yetkazib berishda tizimli yondashuvni joriy etish va avtomobilsozlik sohasida ilg‘or tajribalardan foydalanish qolaversa, moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mazkur litsenziyaning muhim jihatlaridan yana biri uning savdo operatsiyalari uchun mo‘ljallangan litsenziyadaligidadir. Ushbu Sertifikatlash deyarli barcha avtomobil kompaniyalari uchun savdo munosabatlarining majburiy shartidir, sababi bu tizim biznesni yuritishni sezilarli darajada osonlashtiradi, chunki u butun dunyoda tan olingan. Demak, bu korxona uchun hamkorlar ishonchini sezilarli darajada oshishiga yordam beradi.
Ahamiyatli jihati, mazkur sertifikat brend obro‘si va imidjini yuqorilashga xizmat qiladi. ISO/TS16949 talablariga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi doimiy ravishda yuqori mahsulot sifatiga olib keladi va yetkazib beruvchi kompaniya barqarorligidan dalolat beradi. Ushbu muvofiqlik sertifikatining olinishi EAQF, AVSF, QS-9000 kabi hujjatlarni olishdan ozod qilishga yordam beradi.