“O’zavtosanoat” sport bilan hamnafas: BYD Toshkent...
2023-yilning 19-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafonida minglab turli yoshdagi fuqarolar ishtirok etdi. “BYD Uzbekistan Factory” sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash yo'lida kuchlarni birlashtirgan ushbu tadbirning hamkorlaridan biriga aylandi.
Mazkur tadbirdagi hamkorlik jahonda elektromobillar va innovatsion texnologiyalar sohasida yetakchi hisoblangan BYD kompaniyasining mamlakatimizda aholi o’rtasida sportni targ’ib qilishiga intilayotganining yorqin namunasidir.