“O‘zavtosanoat” xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash...
So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan zamonaviy usullarini joriy etish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi faoliyati bilan tanishtirish hamda ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan muloqot o‘rnatish maqsadida joriy yilning 4-dekabr kuni "UzAuto Motors Powertrain" zavodi hududida Respublikamizda o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Jamiyat, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Turin politexnika universiteti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga avtomobilsozlik sohasida, hususan Jamiyatda keng miqyosda amalga oshirilgan islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va uning natijadorligi hamda ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida taqdimot o‘tkazilib, batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlash joizki, "O‘zavtosanoat" AJ va tarkibga kiruvchi korxonalarida Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tizimi O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, ilg‘or xalqaro amaliyotlar, jumladan xalqaro standartlar, AQSH (FCPA), Buyuk Britaniya (UKBA) hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda joriy etilgan.
Shunindek, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tavsiyalariga muvofiq, Jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratiga oid siyosatlari, protseduralari, uslubiyotlari va nizomlari tasdiqlandi hamda tizim korxonalarida ham tatbiq etildi.
Mazkur siyosatlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oqibatlari, manfaatlar to‘qnashuvining mohiyati, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar, Jamiyatning biznes hamkorlari rioya etishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalari, xodimlarni ishga qabul qilishdagi tartiblar, xayriya va tijorat homiyligi, jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, sanksiyalar va eksport nazoratiga oid 17 ta ichki me’yoriy hujjatlar to‘plamini tashkil etadi hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik munosabatini bildiradi.
Mazkur tizimning asosiy maqsadi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, baholash va bartaraf etish, shuningdek, ularga qarshi samarali kurashishdan iborat bo‘ldi.
Bugungi kunda Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish Departamenti va unga buysunuvchi tizim korxonalari komplayens xizmatlarida malakali mutaxassislar faoliyat olib borib, ularning barchasi ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standartiga muvofiq “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining menedjeri/ichki auditori” sertifikatini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti tomonidan mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borayotgan 22 ta rahbar va hodimlar uchun ham ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha mahsus o‘quv kursini o‘tashlari ta’minlandi va ular tomonidan muvaffaqiyatli yakunladi.
Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamenti joriy yilning o‘tgan davri davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, keng qamrovli xavflarni monitoring qilish va aniqlash bo‘yicha tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi, jumladan:
- Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari ishlash samaradorligi oshirildi, ularda murojaatlarni avtomatik yozib olish, anonim murojaatlarni qoldirish imkoniyati yaratildi;
- Vakant o‘rinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimi takomillashtirildi;
- Mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlar kiritildi;
- Korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan shahslarni rag‘batlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi bo‘yicha ichki hujjat ishlab chiqildi;
- Xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish yakuniga yetkazildi;
- Jami 6661 nafar xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya olinib, 124 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi aniqlandi va bartaraf etildi;
- Kontragentlar ustidan tekshiruvlar o‘tkazish tizimi takomillashtirildi;
- Jamiyatning funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha baholash o‘tkazildi;
- Tizim korxonalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chiqishlari tashkil etilib, OAV va fuqarolar bilan muloqoti o‘rnatildi.
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.