Portugaliyada bo’lib o’tgan Kikboksing bo’yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchilarimiz umumiy hisobda 6 medalni qo’lga kiritib, mamlakatimizga yorqin g‘alabalarni tortiq etdilar
Portugaliyada bo’lib o’tgan Kikboksing bo’yicha ja...
Portugaliyada bo’lib o’tgan Kikboksing bo’yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchilarimiz umumiy hisobda 6 medalni qo’lga kiritib, mamlakatimizga yorqin g‘alabalarni tortiq etdilar
Xalqaro sport arenasida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sportchilarni qo‘llab-quvvatlash “O‘zavtosanoat” kompaniyasining ustuvor maqsadlaridan sanaladi. Ular qatoriga O‘zbekiston kikboksing federatsiyasini ham kiritish mumkin.
Bu kabi e’tibor, iqtidorli sportchilarni kelgusi yutuqlari va yangi galabalarga erishishlari uchun rag’batdir.
“O‘zavtosanoat” jamoasi sportchilarimizning yuksak yutuqlari bilan faxrlanadi. Kelgusi musobaqalarda ularga omad va zafarlar tilab qoladi hamda jahondagi eng nufuzli musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarishlariga ishonch bildiradi.