UzAuto Motors avtozavodi xodimlari bakalavriat yo’...
UzAuto Motors’ning 39 nafar xodimi Andijon mashinasozlik Instituti sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida talabalikka qabul qilindi
UzAuto Motors kompaniyasi xodimlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratadi. Jumladan, 39 nafar xodimni Andijon mashinasozlik institutiga sirtqi ta’limga yo'naltirdi.
Xabaringiz bor, davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda ham korxona ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, sohada kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan xodimlarni sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat berilgan.
Bunga ko’ra, UzAuto Motors Asaka avtozavodida mutaxassisligi bo’yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan, lekin oliy ma’lumotga ega bo’lmagan ishchi xodimlar o’rtasida saralash va tavsiyanoma berish jarayonlarini shaffof shuningdek, sifatli o’tkazilishini ta’minlash maqsadida, korxona tomonidan maxsus ishchi guruh tuzildi va nomzodlar o’rtasida tanlov tashkil etildi.
Unga ko’ra, jami 368 nafar ishchi xodim o’rtasida GM-GMS (Global ishlab chiqarish tizimi) yo’nalishlari, Matematika, O’zbekiston tarixi va mantiqiy savollardan tashkil topgan test sinovlari o’tkazildi. Testdan 70 balldan yuqori ball to’plagan jami 39 nafar xodimga Andijon mashinasozlik Institutining Sirtqi ta’lim shaklidagi yo’nalishlari uchun tavsiyanomalar taqdim etildi.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tish joizki, talabalikka qabul qilingan xodimlarning to’lov-kontraktlari kompaniya tomonidan qoplab beriladi.