23- oktabr kuni start olgan “Automechanika Tashken...
“O‘zavtosanoat” stendida “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Avtooyna” MChJ, “Autofortis” MChJ, “Auto Rubber” MChJ, “Avtokomponent” MChJ, “Avtooyna” MChJ, “Uz chasys” MChJ QK hamda “Avto Climat Control” MChJ kabi 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 50 turdagi mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin!
Shuningdek, “Automechanika Tashkent” doirasida o‘tkazilayotgan Komtrans Tashkent korgazmasida SamAuto korxonasi tomonidan LE70 Gazli avtobusining prototipi hamda yangilangan SAZ HC45 avtobusi taqdim etilmoqda.
Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasidan so‘nggi vaqtda haydovchilar va avto ixlosmandlar qiziqishiga sabab bo‘layotgan metan gaz balloni o‘rnatilgan va unda 75 ming km masofani bosib o‘tgan Chevrolet Tracker va Onix modellari o‘rin olgan. Qolaversa, Cobalt Midnigt avtomobilini ham “UzAuto Motors” povilyonida birinchilardan bo'lib ko'rish imkoniyati mavjud.
“O‘zavtosanoat” faoliyatiga doir eng so‘nggi yangiliklarni “Automechanika Tashkent” ko‘rgazmasida kuzating!