V.v.b. Yuldashev Ulmas Davlatovich
Manzil: Samarqand shahri, 100099, U.Ruzibayeva ko’chasi, 5
Telefon: (71) 141-97-00
Veb-sayt: samauto.uz
E-mail: saminfo@samauto.uz
“SamAvto” MCHJ 2006-yil 30-oktabrda AK “O`zavtosanoat” tomonidan aksiyalar turk hamkorlaridan sotib olindi va “SamAvto” MChJ 100% lik o`zbek kapitalli tashkilotga aylandi. Mulkchilik shakli o`zgarishi bilan “SamKochAvto” qo`shma korxonasi tashkiloti nomi “SamAvto” MChJga o`zgardi. Ta`sischilar tarkibiga “Asaka” banki kirdi.
ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 standartlariga binoan menejment kiritilgan tizimini tatbiq etdi.
ISUZU korhonasining C va E seriyasi og`ir yuk mashinalari ishlab chiqarilishi o`zlashtirila boshlandi. Fevral oyidan boshlab korxonada og`ir yuk mashinalari С YZ 51 KLD o'zi ag'dargichlari va EXZ 51 KL o'zi tortuvchilari ishlab chiqarilishi boshlandi.
2009-yilning 4-sentabridan “SamAvto” MChJ ishlab chiqarish liniyalarida MAN yuk avtomobillarini yig’ish boshlandi. Bu 2009-yilning avgust oyida “O’zbeksanoat” AK va Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konserni muassisligida tashkil etilgan «JV MAN Auto – Uzbekistan» korxonasining ilk mahsuloti edi. Korxona aksiyalarining 51%i O’zbekistonga, 49%i esa, Germaniya tomonga tegishlidir.
Korxona Italiya, Germaniya, Yaponiya Turkiya va Angliyadan keltirilgan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan. Texnologik jarayon loyihasida “egiluvchan ishlab chiqarish” tamoyili amal qiladi. Uning asosida raqamli boshqaruv dasturi yordamida texnologik uskunalardan maksimal darajada foydalanish yotadi. Mutaxassislar buyurtmachining xohishiga binoan, istalgan turdagi kuzovlarni ishlab chiqish uchun boy tajribaga ega.
Korxona O’zbekiston talablariga mos keladigan va neftgaz, avtoyo’l va tog’ ma’danlarini qazib chiqarish kabi iqtisoiyotning ilg’or sohalarida zarur bo’ladigan tirkamali, bortli va samosval avtomobillarini ishlab chiqarishni samarali o’zlashtirdi.
Bugungi kunda “SamAvto” MCHJ (4 tonnadan 7 tonnagacha bo’lgan) o’rtacha avtobuslar va ISUZU shassisiga asoslangan kichiktonnajli yuk mashinalarini yig’ish bilan shug’ullanmoqda. “SamAvto” MCHJ ishlab chiqargan minibuslar shahar marshrutiga mo’ljallangan bo’lib, 37 yo’lovchi sig’imiga ega.
Korxona mahsulotlari - og`ir yuk mashinalari, o’rtacha avtobuslar, kichiktonnajli yuk mashinalari, o'zi ag'daruvchi va o'zi tortuvchi mashinalari
F seriya mahsus tehnikalari
Avtobuslar
F seriya mahsus tehnikalari
N seriya mahsus tehnikalari