“O’zavtosanoat” AK quyidagi xalqaro bitimlarni tuzgan:
-
GM Daewoo Auto&Technology kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Hukumati o’rtasida imzolangan o’zaro strategik hamkorlik kelishuvi asosida «GM Uzbekistan» AJ tashkil etildi va yangi rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarish imkoniga erishildi.
-
"Isuzu Motors" va “ITOCHU Corporation” bilan tuzilgan bitim asosida “SamAvto” MCHJ korhonasi Yaponiyaning avtobuslari va kichik hajmli yuk mashinalarini ishlab chiqarishni boshladi.
-
“MAN Truck&Bus AG” “MAN Group” konserni bilan tuzilgan halqaro bitim asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi "JV MAN AUTO UZBEKISTAN" MChJ korxonasi tashkil etildi va MAN yuk va tijorat texnikasini ishlab chiqarish boshladi.
-
Ikki hamkor kompaniyalar: «General motors» va «O‘zavtosanoat» AK ning o‘zaro sa'y-harakatlari natijasida Toshkentda dvigatel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi «GM Powertrain Uzbekistan» zavodi tashkil etildi.
-
29.07.2015 yil. Yaponiya kompaniyasi «Isuzu Motors» “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidan 8% ulushni o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.