test
Savol-javob
- Mamlakatimizda qancha avtosalonlar bor va ularning joylashgan manzillari haqida ma'lumot bersangiz?
Mamlakatimiz hududida “GM Uzbekistan” avtomobil zavodining 70 ga yaqin dilerlik punktlari va texnik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida faoliyat yuritsa, qolganlari yurtimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan.
- Yurtimizda avtomobilsozlikka ixtisoslashgan qanday korxonalar bor va ular asosan avtomobilning qaysi qismlarini ishlab chiqaradi?
Avtomobillarimiz sifat va narx uyg‘unligini o‘zida mujassam etgani uchun qischqa muddatda ommabop avtomobillarga aylandi. Bunda esa avtomobil butlovchi qismlarining Mahalliylashtirish Dasturiga ko‘ra o‘zimizda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tizimida 40 dan ortiq qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ular, Asaka avtomobil zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 50 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi. Ushbu korxonalarning aksariyati Farg‘ona viloyatida joylashgan.