ЦВЕТОВАЯ СХЕМА
РАЗМЕР ШРИФТА

Muhim sanalar

2023

2023 yil - Mart

Ulug’bek Rozukulov “O'zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi
2023

2023 yil- Mart

"O'zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
2023

2023 yil- Mart

Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri boshchiligidagi delegasiya «UzAuto Motors» zavodiga tashrif buyurdi.
2023

2023 yil- Mart

“O’zavtosanoat” AJ Berlinda Germaniya-O’zbekiston ilk biznes forumida ishtirok etdi. Unda KS HUAYU AluTech Group (Germaniya/XXR) bilan O‘zbekistonda alyuminiy dvigatel qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
2023

2023 yil - Mart

«UzAuto Motors» kompaniyasi “Uzum Market” marketpleysining rasmiy hamkoriga aylandi
2023

2023 yil - Mart

O‘zbekistonda BYD avtomobillarining rasmiy sotuvi boshlandi
2023

2023 yil - Mart

Oʻzimizda ishlab chiqarilgan birinchi Chevrolet Onix Oʻzbekiston yoʻllarida
2023

2023 yil - Fevral

Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlandi
2023

2023 yil - Fevral

O‘zbekiston fond bozori tarixidagi aksiyalarning umumiy qiymati bo‘yicha eng yirik IPO yakunlandi
2023

2023 yil - Yanvar

Andijon viloyatining “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasida MDH hududida yagona o’ziga xos bo'lgan zamonaviy “Kova Foundry” quyuv zavodining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
2023

2023 yil - Yanvar

UzAuto qirg‘izistonlik hamkorlar bilan birgalikda tijorat texnikalari va yengil avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha shartnoma imzoladi.
2023

2023 yil - Yanvar

“Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.
2022

2022 yil - Dekabr

"UzAuto Motors" "Allur Auto" kompaniyasi bilan Qozog'istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish bo'yicha shartnoma imzoladi.
2022

2022 yil - Dekabr

BYD va «O‘zavtosanoat» AJ yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Qo‘shma Korxona tashkil qilish kelishuvini imzoladi.
2022

2022 yil - Dekabr

UzAuto O'zbekiston va Qozog'iston mintaqalararo biznes forumi doirasuda 570 million AQSh dollarlik sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar imzoladi
2022

2022 yil - Dekabr

“Uzauto Motors” AJning kredit reytingi B+ (Barqaror kutilma)dan BB- (Barqaror kutilma)ga ko‘tarildi.
2022

2022 yil - Dekabr

Ozarbayjonning Baku shahrida «Uzavtosanoat» АJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakovning Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoil Jabbarov hamda «GM International»ning global xaridlar va yetkazmalar zanjiri bo‘yicha vitse-prezidenti Jonni Saldan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2022

2022 yil - Dekabr

"UzAuto Motors Powertrain" zavodida CSS Prime turbo dvigatellarni ishlab chiqarish boshlandi.
2022

2022 yil - Dekabr

O'zbekistonda John Deere qishloq xo‘jaligi texnikasi sotuvi boshlandi.
2022

2022 yil - Noyabr

“DaVinci mukofoti- 2022” tanlovida “UzAuto Motors” Aj davlat kompaniyalari orasida “Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi” nominatsiyasiga sazovor bo’ldi.
2022

2022 yil - Noyabr

MCHJ "UzAuto Cepla" QK ga J.Koreyaning "Cepla" Co.,Ltd korxonasidan Bosh direktor va Boshqaruvchi direktorlar tashrif buyurishdi.
2022

2022 yil - Noyabr

Italiyaning CIM 4.0. texnologiyalarini uzatish va vakolatlarni tarqatish markazi vakillarining UzAutoga tashrif buyurdi. Mamlakatda “UzAuto kompetensiya markazi”ni tashkil etish bo’yicha hamkorlik bitimini imzoladi.
2022

2022 yil - Noyabr

"UzAutoMotors" tarixiy ishlab chiqarish rekordini yangiladi. 280 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi.
2022

2022 yil - Noyabr

Avtooyna" MChJ tarixda birinchi marotaba avtomobil oynalarini ishlab chiqarish bo‘yicha rekord darajani (38 ming komplekt) ko‘rsatdi.
2022

2022 yil - Noyabr

"UzAutomotors" AJ to’rt millioninchi avtomobilini ishlab chiqardi.
2022

2022 yil - Noyabr

UzAuto qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya John Deere bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
2022

2022 yil - Oktyabr

UzAuto va Qozog‘istonning Allur kompaniyasi Allur avtomobil zavodi quvvatlarida Chevrolet Onix avtomobilini kichik uzelli (CKD) usulida yig‘ish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi
2022

2022 yil - Oktyabr

Toshkentda “Olamavto” majmuasi va Trade-in markazi ochildi
2022

2022 yil - Oktyabr

General Motors International kompaniyasi bilan UzAuto Motors ishlab chiqarish quvvatini 500 ming donaga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi
2022

2022 yil - Oktyabr

UzAuto Motors avtozavodiga ochiq tanlov asosida 2 000 nafardan ortiq kadr ishga qabul qilindi
2022

2022 yil - Oktyabr

UzAuto Motors ilk IPO’siga start berildi
2022

2022 yil - Oktyabr

UzAuto Motors ACCA Approved Employer maqomini oldi
2022

2022 yil - Sentyabr

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi Chevrolet Tracker avtomobillari o‘z egalariga topshirildi
2022

2022 yil - Avgust

Janubiy Koreaning avtomobil sanoati etakchi kolleji Ajou Motor va TTPU o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
2022

2022 yil - Avgust

Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlandi va bir kunda 7 471 dona shartnoma tuzildi
2022

2022 yil - Avgust

UzAuto Motors yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha MDH davlatlar orasida yetakchi o‘rinni egalladi
2022

2022 yil - Iyul

“UzAuto Motors” zavodida Pre-Production Vehicle bosqichida birinchi Chevrolet Onix avtomobili yig‘ildi
2022

2022 yil - Iyul

Qozog‘istondagi yengil avtomobillarning brendlari orasida Chevrolet yetakchi o‘rinni egalladi
2022

2022 yil - Iyul

“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi
2022

2022 yil - Iyul

Jizzakh Auto kompaniyasi Jizzax shahridagi Monomarkaz bilan memorandum imzoladi
2022

2022 yil - Iyul

“AvtoOyna” mustahkam va xavfsiz bo‘lgan qoraytirilgan oynalarni ishlab chiqarishni boshladi
2022

2022 yil - Iyul

“UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘ini bajarib, 2022-yilning birinchi yarim yilligida 160 100 dona avtomobil ishlab chiqardi
2022

2022 yil - Iyun

“UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qarashli Peugeot Partner avtomobillariga faralar yetkazib berishni boshladi
2022

2022 yil - Iyun

UzAuto xitoylik BYD kompaniyasi bilan birgalikda avtomobillarning doimiy xaridorlari tomonidan yangi energiya manbalari haqidagi tasavvurni o‘rganish bo‘yicha “Car Clinic” tadqiqotini boshlashdi
2022

2022 yil - Iyun

Toshkentdagi “Control Auto” premium xizmat ko‘rsatish markazi negizida Škoda va Volkswage brendlarining rasmiy dilerlik markazi ochildi
2022

2022 yil - May

UzAuto Motors” kompaniyasi Milliy marketing markazi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi” tanlovining “Transport” yo‘nalishida online ovoz berish jarayonida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
2022

2022 yil - May

“UzAuto Motors” kompaniyasi yil boshidan buyon 108 300 dan ortiq avtomobilni o‘z egalariga topshirdi
2022

2022 yil - Aprel

“UzAuto Motors” kompaniyasi Asaka shahridagi zavodida test sinov tariqasida 16 dona yangi “Tracker-2” “Non-Saleble” avtomobillarini ishlab chiqardi
2022

2022 yil - Aprel

“UzAuto Motors” kompaniyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirdi, birinchi chorakda Asaka va Xorazmdagi zavodida 68 905 dona avtomobil' ishlab chiqarildi
2022

2022 yil - Aprel

«UzAuto Motors» bozor imkoniyatlarini kengaytirmoqda – Livanga Chevrolet Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi
2022

2022 yil - Aprel

“UzAuto Motors” kompaniyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirdi, birinchi chorakda Asaka va Xorazmdagi zavodida 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarildi.
2022

2022 yil - Mart

“UzAuto Motors” kompaniyasi yangilangan Chevrolet Tahoe va Traverse sotuvini boshladi
2022

2022 yil - Mart

“UzAuto Motors” kompaniyasi avtomobilga kontraktatsiyani yangiladi
2022

2022 yil - Fevral

UzAuto Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi BYD Auto Industry bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldi.
2022

2022 yil - Fevral

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixon Smailovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida UzAuto va “Allur Group” AJ (Qozog‘iston) o‘rtasida Toshkentda yangi multibrendli avtomobil kompleksi va avtomobil onlayn-marketpleysi (savdo maydonchasi) tashkil etish xaqida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
2022

2022 yil - Yanvar

O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ tarkibida “Autosanoat Agro Lising” MCHJ lizing tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
2020

2020 yil - Avgust

Toshkent shahri Bektemir tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi ochildi
2020

2020 yil - Iyul

O‘zbekistondagi “Folksvagen” rasmiy avtosalonlarida “Volkswagen Caddy” avtomobillarining sotuvi boshlandi.
2020

2020 yil - Iyul

Ravon R3 Qozog‘istonda yilning ikkinchi choragidagi eng ko‘p sotilgan modelga aylandi.
2020

2020 yil - Iyun

“General Motors” bilan tuzilgan kelishuv doirasida “UzAuto Motors” Rossiyada ommaviy segmentdagi “Chevrolet” avtomobillarini sotish boshlanganligini e’lon qildi.
2020

2020 yil - May

“O‘zavtosanoat” Andijon viloyatida zamonaviy “Asaka City” turar joy mavzeini qurishni boshladi.
2020

2020 yil - May

Belarus Respublikasida “Chevrolet” brendi ostida “Uzauto Motors” avtomobillari sotuvi boshlandi.
2020

2020 yil - Aprel

“O‘z Dong Yang Ko” yuz uchun himoya shchitlarini ishlab chiqara boshladi, “O’zauto Austem” korxonasida antiseptiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2020

2020 yil mart

Qustanay (Qozog‘iston) sh.da “SariarkaAvtoProm” MChSh ishlab chiqarish quvvatlarida “Chevrolet” brendi ostida “UzAuto Motors” avtomobillarining yangi modellarini ishlab chiqarish boshlandi.
2020

2020 yil - Mart

“O‘z Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasida tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2020

2020 yil mart

“O‘zavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini chiqarish va sotish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi.
2020

2020 yil - Fevral

“Uzauto Motors” eksport bozorlariga avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshladi.
2020

2020 yil fevral

Ravon Nexia R3 Qozog‘istonda eng ko‘p sotiladigan model bo‘ldi.
2020

2020 yil yanvar

O‘zbekistondagi birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi.
2020

2020 yil yanvar

UzAuto Market innovatsion maydonchasi hududida xususiy ishlab chiqaruvchilar, ilm-fan vakillari, kimyo, qishloq xo‘jaligi, yengil va boshqa sanoat vakillari uchun Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumi tashkil etildi.
2020

2020 yil yanvar

“O‘zavtosanoat” AJ, “Sinotruk International Investment Limited” va “MAN Truck & Bus SE” o‘rtasida mavjud “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MChJ QK bazasida “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK qo‘shma korxonasini tuzish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
2019

2019 yil dekabr

“UzAuto Motors” kompaniyasi to‘rtta yangi yo‘ltanlamasni taqdim etdi: Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox.
2019

2019 yil dekabr

“UzAuto Motors”ning Xorazmdagi filiali ishlab chiqarish liniyasidan 200 minginchi avtomobil chiqdi. Yubiley model Damas avtomobili bo‘ldi.
2019

2019 yil dekabr

“O‘zavtosanoat” AJning Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalari bilan hamkorligi evaziga avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
2019

2019 yil noyabr

Toshkentda O‘zbekistonda birinchi marta ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max pikapi taqdimoti o‘tkazildi.
2019

2019 yil noyabr

“UzAuto Trailer” MChJ va “KAMAZ” IChAJ o‘rtasida “KAMAZ ASIA LEASING” qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sis hujjatlari imzolandi.
2019

2019 yil noyabr

“UzAuto Trailer” MChJ zavodda chiqarilayotgan samosval kuzovlari sifatining e’tirofi o‘laroq, Hardox in My Body sertifikati bilan taqdirlandi.
2019

2019 yil noyabr

Samarqanddagi “UzAuto Trailer” zavodida yangi KAMAZ avtomobillari shassisini yig‘ish liniyasining rasmiy ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi.
2019

2019 yil noyabr

Minskda Ravon brendining taqdimoti bo‘ldi, u Belarus Respublikasida avtomobillar sotuvini boshlab berdi. Modellar qatori uchta model bilan taqdim etildi: Ravon R2, Ravon Nexia R3 i Ravon R4.
2019

2019 yil oktyabr

Toshkentda yangi UzAuto Motors Service & Trade-In Center servis va savdo markazi ochilishi bo‘ldi. Markazning asosiy xususiyati –minilgan avtomobilni yangisiga qo‘shimcha to‘lov bilan Trade-in tizimi bo‘yicha almashtirish imkoniyatidir.
2019

2019 yil oktyabr

UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonchasidan Ravon R2, R3 i R4 avtomobillarida Toshkent-Minsk yo‘nalishi bo‘ylab tantanali avtopoyga start oldi. Poyga yo‘nalishi 4000 km bo‘lib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Belarus hududidan o‘tadi. Avtopoygadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning belaruslik iste’molchilar bilan do‘stona aloqasini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini ko‘rsatishdir.
2019

2019 yil oktyabr

Toshkentda odatiy MTTlarni qurish imkonsiz bo‘lgan chekka qishloq joylari, tog‘li tumanlar va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlariga mo‘ljallangan mobil va modulli maktabgacha ta’lim tashkilotlari taqdimoti o‘tkazildi. Mobil MTT Maktabgacha ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi va “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan amalga oshirildi.
2019

2019 yil sentyabr

“O‘zavtosanoat” AJ keng ko‘lamli “Mahalliylashtirish forumi-2019”ni o‘tkazdi. Mahalliy korxonalar bilan bir qatorda, Forumda Braziliya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan 50 dan ziyod kompaniya qatnashdi, ular sirasida Faurecia (Fransiya), Autoglass Corp – (Janubiy Koreya), Yanfeng Adient – (Xitoy), Spark Minda (Hindiston), Joyson Safety Systems (AQSh) va boshqa, avtokomponentlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar bo‘ldi.
2019

2019 yil sentyabr

Rossiyada Ravon avtomobillarini sotish boshlandi.
2019

2019 oktyabr

O‘zbekistonda minilgan avtomobilni yangisiga pul to‘lash bilan almashtirish bo‘yicha jahon tajribasi – Trade-In joriy etildi.
2019

2019 yil sentyabr

“O’zAuto-Austem” kompaniyasi yangi oyna yuvish suyuqliklarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.
2019

2019 yil sentyabr

Toshkentda O‘zbekistonda birinchi UzAuto Market startap platformasining ochilishi bo‘ldi. Innovatsion maydoncha ishlab chiqaruvchi zavod va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqani ta’minlashga qaratilgan, u tyuning atele xizmatlarini, avtotovarlar taqdim etadi va yosh kashfiyotchilar uchun startap-makon bo‘ladi.
2019

2019 yil sentyabr

1,5 Turbo dvigatelli yangilangan Chevrolet Malibu Facelift modelining sotilishi boshlandi.
2019

2019 yil avgust

“Ravon Racing Team” jamoasi Moscow Raceway trassasida “Turing-layt” poygasida birinchi o‘rinni egallab, Rossiyaning SMP RSKG avtopoygalarida g‘alab qozondi.
2019

2019 yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi PQ-4397-sonli “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
2019

2019 yil iyul

“GM Uzbekistan” kompaniyasi o‘z nomini UzAuto Motorsga o‘zgartirdi.
2019

2019 yil iyul

Turin Politexnika universiteti va uning Toshkentdagi filiali o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, uning doirasida ta’lim, ilm-fan va sanoat sohalarida ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyasi dasturi amalga oshiriladi, shuningdek o‘quv dasturlari maqbullashtiriladi. Jumladan, “Avtomobil injiniringi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura yangi yo‘nalishlarini ochish haqida so‘z boradi.
2019

2019 yil iyun

“Man Auto Uzbekistan” zavodi konveyeridan yangi avtosamosval modeli – MAN TGS 40.440 6X6 BB T042 U-18H chiqdi.
2019

2019 yil may

Toshkentdagi Turin politexnika universitetida “Yuventus” futbol akademiyasi ochildi.
2019

2019 yil mart

Seulda, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi bosh vazirlarining 2- yig‘ilishida “O‘zavtosanoat” AJ, “General Motors” (AQSh) va “GM Korea Supplier Association” (Janubiy Koreya) o‘rtasida O‘zaro anglashuv memonardumi imzolandi.
2019

2019 yil fevral

Namangan viloyatida velosipedlar va mototsikllar ishlab chiqaruvchi “Norin Moto Bike” zavodi ochildi.
2018

2018 yil dekabr

Asaka sh.dagi GM Uzbekistan zavodi bir yilda 220 ming avtomobil ishlab chiqarib, avvalgi yillar rekordini yangiladi, yubiley avtomobil Chevrolet Nexia bo‘ldi.
2018

2018 yil dekabr

“LUX AUTO MOTORS” avtosalonida “GM Uzbekistan” AJda chiqarilgan uch millioninchi avtomobil sotildi.
2018

2018 yil dekabr

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida O‘zbekistonda ilk bor multibrend avtosaloni ochilishi o‘tkazildi.
2018

2018 yil dekabr

“GM Uzbekistan” AJ zavodining Toshkentdagi filiali bazasida Chevrolet Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
2018

2018 yil noyabr

O‘zbekistonda ilk bor onlayn rejimda “GM Uzbekistan” avtomobillarini sotib olish platformasi - Uzavtosavdo ishga tushirildi.
2018

2018 yil oktyabr

“KAMAZ” IChAJ va “UzAutoTRAILER” MChJ o‘rtasida “KAMAZ ASIA CENTER” qo‘shma korxonasini tashkil qilish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
2018

2018 yil oktyabr

“GM Uzbekistan” AJ xaridor avtomobilning avtosalonga yetkazilishini rasmiy sayt orqali monitoring qilib borishi imkoniyatini tatbiq etdi.
2018

2018 yil sentyabr

Xorazm viloyatidagi “Xazorasp” IIZda “O`zERAE Climate Control” AJda chiqariladigan “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun isitish va ventilyatsiya tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi “GM-UZBEKISTAN” MChJ QK filiali ochildi.
2018

2018 yil sentyabr

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK o‘rindiqli tyagachlarning “Yevro-5” ekologik me’yorga muvofiq keluvchi yangi MAN TGS 19.400 4X2 Efficient Line modelini taqdim etdi.
2018

2018 yil may

Asakadagi “GM Uzbekistan” avtomobil zavodi korxonada ishlab chiqarish jarayonlariga sifat integratsiyasining uchinchi darajasi – BIQ III (Built-InQuality)ni qo‘lga kiritdi.
2018

2018 yil yanvar

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi kollejlardan biri – Ajou motor bilan Hamkorlik memorandumini imzoladi.
2017

2017 yil avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2017 y. PQ-3028-son "2017-2021 yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan “O`zavtosanoat” AK dan “O`zavtosanoat” AJ ga o'zgartirildi.
2017

2017 yil may

«Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» QKsi “Peugeot Citroen” Gruppasi va “O`zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilindi.
2016

2016 yil iyun

Yangilangan Chevrolet Nexia avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2015

2015 yil iyul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi qaroriga ko‘ra alyuminiy quymalaridan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «UZAUTO-INZI» Ozbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
2015

2015 yil iyul

“GM Uzbekistan” AJ «Chevrolet Labo» avtomobilini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshladi.
2015

2015 yil iyul

Yaponiyaning «Isuzu Motors» kompaniyasi Samarqand avtomobil zavodining ustav kapitalidan 8 % ulushni sotib olish bo‘yicha “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi.
2015

2015 yil may

"O’zavtosanoat" AK ning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.
2015

2015 yil fevral

Samarqand avtomobil zavodi ishlab chiqarish liniyasidan yigirma minginchi avtomobil-siqilgan tabiiy gazda (STG) harakatlanuvchi ISUZU NPR82 mashinasi chiqarildi.
2014

2014 yil aprel

ikki millioninchi avtomobilning chiqarilishi
2014

2014 yil mart

Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2013

2013 yil noyabr

Lacetti II (Gentra) avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
2012

2012 yil sentabr

Chevrolet Cobalt avtomobilining seriyali ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.
2012

2012 yil mart oyi

Chevrolet Malibu avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish boshlandi.
2011

2011 yil sentabr

Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik hajmlarda ishlab chiqish yo’lga qo’yildi.
2011

2011 yil may

«MAN Truck&Bus AG» va “O’zavtosanoat” Aksiadorlik Kompaniyasi O’zbekistonda katta yuk mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavodni qurishga kirishdi.
2010

2010 yil noyabr

“UzXanvu” QKda shovqin izolyatsiyasi uchun materiallar ishlab chiqarish boshlandi.
2010

2010-yil sentabr

“Navoiy” EIIZdagi “UzMinda” QKda avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish boshlandi.
2010

2010-yil avgust

“Navoiy” EIIZda (avtomobillar uchun o’tkazgich simlar ishlab chiqaruvchi) “UzIraeCable” QK ochildi.
2010

2010-yil iyul oyi

“Navoiy” EIIZda (generatorlar va kompressorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan) “UzIraeAlternator” QK barpo etildi.
2010

2010-yil mart oyi

Farg’ona viloyatida «Ferrae», “UzdongYang Fergana”, “Fergana Avtoglass” kabi 3 ta yangi zavodi ochildi.
2009

2009 yil sentabr

Namangan shahrida tashqi yoritish tizimlari (avtomobillar uchun fara fonarlar)ni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “UzChasis” QKning ochildi.
2008

2008 yil dekabr

«GM PowertrainUzbekistan» QKning qurilishi boshlandi.
2008

2008 yil avgust

“DaiichiAvtoParts” chet el korxonasining rasmiy taqdimoti bo’lib o’tdi.
2004

2004 yil avgust

“O’zavtosanoat” Assotsiatsiyasi Aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.
1999

1999 yil oktabr

(avtomobillar uchun elektrojgutlar ishlab chiqaruvchi) “UzKodji” QKga asos solindi.
1999

1999 yil mart

“SamKochavto” QKning rasmiy taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.
1998

1998 yil dekabr

(yengil avtomobillar, yuk mashinalari va traktorlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi) “UzEksayd” QKga asos solindi.
1998

1998 yil oktabr

“Avtooyna” OAJ (avtomobil oynalarini ishlab chiqarish) tashkil topdi.
1998

1998 yil may

Parijda o’tkazilgan Xalqaro Avtotransport ishlab chiqaruvchilari bosh assambleyada “O’zavtosanoat” OICAning to’laqonli a’zosiga aylandi.
1997

1997 yil oktabr

Sibirda o’tkaziladigan “O’zi ishlab chiqargan zamonaviy avtomobillarni Sibir bozorida ommalashtirish” yarmarkasining oltin medali sovrindori.
1997

1997 yil may

Minskdagi xalqaro avtomobil ko’rgazmasidagi ishtirok.
1997

1997 yil fevral

“O’zavtosanoat” Assotsiatsiyasining chet el savdo tarmog’ini yaratish boshlandi.
1996

1996 yil dekabr

“Uz-DongVon Ko” QK (glushitellar, tutun quvirlari, zarbga qarshi balkalar ishlab chiqarish) va (yoqilg’i baklari ishlab chiqaruvchi) “Uz-SeMyung” QKga asos solindi.
1996

1996 yil iyun

“Uz-DongYang Ko” QK (avtomobil salonining ichki qoplamalarini ishlab chiqarish) tashkil topdi.
1996

1996 yil sentabr

“O’zavtotexxizmat” OAJ ichki savdo tarmog’i yaratildi.
1996

1996 yil may

“SamKochavto” QK ni tashkil etish bo’yicha kelishuv imzolandi.
1996

1996 yil may

“UzDongJuPaintKo” (avtoemallar, germetika, sanoat bo’yoqlari ishlab chiqarish) QK tashkil etildi.
1995

1995 yil may

“Uz-Koram Ko” QK (bamferlar, priborlar paneli ishlab chiqarish) va “Uz-TongXong Ko” QK (avtomobil o’rindiqlari ishlab chiqarish) tashkil etildi.
1994

1994 yil mart

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O’zavtosanoat” O’zbek avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1993

Май 1993 года

создание СП «УзДЭУэлектроникс» (электроника)
1992

1992 yil noyabr

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zDEUavto” qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risidagi” qarori chiqdi.