«SamAvto» MCHJ QK

Kompaniya to`g`risida umumiy ma’lumotlar

Samarqand Avtomobil Zavodi (avvalgi «SamKochAvto» QK, hozirgi «SamAvto» MCHJ QK) - tijorat texnikasi – avtobuslar, yuk va maxsus avtomobillar ishlab chiqaruvchi korxona bo`lib, zavodning ishlab chiqarish majmuasi O`zbekiston Respublikasining Samarqand shahrida joylashgan. Zavodning ochilishi 1999-yilning 16-martida bo`lib o`tgan.

Ta’sischilar

Hozirgi vaqtda Samarqand Avtomobil Zavodining ta’sischilari «Uzavtosanoat» AJ – (O`zbekiston) – 58%, «Asaka» Bank (O`zbekiston) – 26%, Itochu Corporation (Yaponiya) – 8%, ISUZU Motors Ltd. (Yaponiya) – 8% hisoblanadilar. Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlik 2007-yilda boshlangan.

Zavodning umumiy maydoni – 155 625 kv.m., shu jumladan ishlab chiqarish maydoni  –  37 305 kv.m.
Hodimlar soni – 1042 nafar