“Ўзавтосаноат” АК ва “Пежо Ситроен” Группаси ўртасида Ўзбекистонда енгил тижорат автомобилларини ишлаб чиқарувчи қўшма корхона барпо этиш бўйича келишув имзоланди
“Ўзавтосаноат” АК ва “Пежо Ситроен” Группаси ўрта...
Yangi zavod O`zbekistondagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida quriladi;
2019 yildan e`tiboran ichki va tashqi bozor uchun yiliga 16 000 ta engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi O`zbekistondagi eksklyuziv korxonaning litsenziyasi;
Loyiha “Peugeot Citroen” Gruppasi va “O`zavtosanoat” AK tarkibidagi mahalliylashtirish dasturi bo`yicha ish olib boruvchi korxonalarning platforma va texnologiyalari asosida tashkil etiladi.
Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» QKsi “Peugeot Citroen” Gruppasi va “O`zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilinmoqda. Hujjatga ko`ra yangi korxona “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, Toshkentdan 200 km uzoqlikdagi hududda quriladi. Zavod “Peugeot” va “Citroen” brendlari ostida yo`lovchi va yuk tashishga mo`ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ustav kapitali 30 mln. yevroga teng qo`shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo`yicha umumiy investitsiya qariyib 130 mln. yevroga teng.
“Peugeot Citroen” Gruppasi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutahassislar malakasini oshirishda ko`mak ko`rsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati, yetkazib berish va savdo masalalarida “ Peugeot Citroen ”ning zamonaviy tizimi bo`yicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yo`li bilan birinchi yilning o`zidayoq yangi qo`shma korxonada 50% mahalliy mahsulotlardan fojdalanish ko`zda tutilgan. Bugungi kunda “O`zavtosanoat” AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq o`rta va kichik korxonalar aynan mahalliylashtirish dasturi asosida ish olib boradi.
Qurilishi rejalashtirilajotgan qo`shma korxonada yiliga 16 000ta avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni yurtimizda, shuningdek, uzoq va yjaqin horij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda.
32 millionlik aholi soniga ega O`zbekistonda sanoatni va avtomobil bozorini rivojlantirish uchun yetarlicha salohiyat va imkoniyat bor.
“Yengil tijorat avtomobillari segmenti O`zbekistonda o`zlashtirilmagan yagona transport vositasining turi edi”,- deya ta`kidladi “O`zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o`rinbosari Rustam Jusupov. “Ushbu loyihaning tadbiq etilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam bo`ladi. Aholi bandligini ta`minlashga xizmat qiluvchi yangi qo`shma korxona O`zbekiston sanoatining yanada rivojlanishiga o`z hissasini qo`shadi.”
“Ushbu loyiha bizning 5 yillikka mo`ljallangan taraqqiyot Dasturimizga to`la mos keladi va bu “Peugeot Citroen” Gruppasi uchun yengil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantirish va hududiy kengayish uchun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qo`shma korxona tashkil etilishida asosiy faktor bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shahsan qo`llab-quvvatlashlarini hamda o`zbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz”- deya e`tirof etdi “Peugeot Citroen” Gruppasining vitse-prezidenti Kristof Berjeran.