Kompaniya haqida

“O‘zavtosanoat” AJ avtomobilsozlik korxonalari hamda avtomobillarni mahalliylashtirish va avtokomponentlar ishlab chiqarish korxonalarini muvofiqlashtiruvchi xolding kompaniyasi.

Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobilsozligi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonning eksport salohiyatining namunasi va mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim jihatdir.

Kompaniyaning tuzilishiga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chiqarish korxonalar
  • Mahalliylashtirish korxonalar
  • O'zbekiston va MDH mamlakatlaridagi dilerlik markazlar
  • Ta'lim muassasalar
  • Iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar
  • Qishloq xo'jaligi korxonalar (ishonchli boshqaruv bo'yicha)

Yaratilgan sana: 1994 yil.

Sohada ishlovchilarning umumiy soni: 30 mingdan ortiq, turdosh tarmoqlarda 200 mingdan ortiq.Shu bilan birga, sohada band bo‘lganlarning 15 foizdan ortig‘ini yuqori malakali mutaxassislar tashkil etadi.

Avtomobilsozlikning multiplikator effekti tufayli – avtomobilsozlikda 1 ta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda 7 ta ish o‘rni yaratadi.

Yillik aylanmasi: 4,0 milliard dollar

Korxonalarning o'rtacha rentabelligi: 7%

Asosiy ishlab chiqarish korxonalari:

  • UzAuto Motors AJ (shu jumladan Xorazm viloyatidagi filiali)
  • “SamAvto” MChJ
  • «UzAuto Motors Powertrain» AJ
  • “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ