“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunga muvofiq aksiyadorlik jamiyat tomonidan öz aksiyalarini sotib oliş şartlari va tartibi
40-modda. Aksiyadorlarning talabiga köra aksiyalarni oliş
Ovoz beruvçi aksiyalarning egalari bölgan aksiyadorlar:
jamiyatni qayta taşkil etiş töğrisida;
joylaştirilgan aksiyalarni yiriklaştiriş haqida;
uşbu Qonun 84-moddasining ikkinçi va uçinçi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni oliş yoki boşqa şaxsga beriş bilan boğliq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuziş töğrisida;
jamiyatning ustaviga ovoz beruvçi aksiyalar egalari bölgan aksiyadorlarning huquqlarini çeklovçi özgartiş va qöşimçalar kiritiş yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlaş töğrisida aksiyadorlarning umumiy yiğilişi tomonidan qarorlar qabul qilişda, agar ular qarşi ovoz bergan bölsa yoxud ovoz berişda uzrli sabablarga köra iştirok etmagan bölsa, özlariga tegişli aksiyalarning hammasi yoki bir qismi jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qilişga haqlidir.
Özlariga tegişli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqiga ega bölgan aksiyadorlarning röyxati ovoz beriş natijasida uşbu Qonunga muvofiq aksiyalarni qaytarib sotib olişni talab qiliş huquqi yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yiğilişida iştirok etiş huquqiga ega bölgan jamiyat aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib oliş uşbu aksiyalarning bozor qiymati böyiça amalga oşiriladi, bu qiymat jamiyatning aksiyalarni qaytarib sotib olişni talab qiliş huquqi yuzaga kelişiga sabab böladigan harakati natijasida qiymatning özgarişi hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan şaxs, agar u bungaça mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamroğiga egalik qilgan bölsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati böyiça öziga sotişlari borasidagi taklifini öttiz kun içida e’lon qilişi şart. Aksiyadorning öziga tegişli aksiyalarni sotişi töğrisidagi yozma roziligi e’lon qilingan kundan e’tiboran öttiz kun içida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olişi şart.
41-modda. Aksiyadorlarning özlariga tegişli aksiyalar jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqini amalga oşiriş tartibi
Jamiyat aksiyadorlarni özlariga tegişli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqi mavjudligi, qaytarib sotib oliş narxi va qaytarib sotib olişni amalga oşiriş tartibi töğrisida xabardor etişi şart.
Ovoz beriş natijasida uşbu Qonunga muvofiq jamiyat aksiyalarni qaytarib sotib olişini talab qiliş huquqi yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlar umumiy yiğilişini ötkaziş töğrisida aksiyadorlarga yetkaziladigan xabarda uşbu moddaning birinçi qismida körsatilgan ma’lumotlar bölişi lozim. Aksiyadorlarning umumiy yiğilişida iştirok etiş huquqiga ega bölmagan aksiyadorlarda aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqi mavjudligi va bunday huquqni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi axborot aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqi yuzaga kelişiga sabab bölgan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran yetti kundan keçiktirmay aksiyadorlarga yuboriladi.
Aksiyadorning öziga tegişli aksiyalarni qaytarib sotib oliş töğrisidagi yozma talabi aksiyadorning yaşaş joyi (joylaşgan eri) va uning qaytarib sotib olinişini talab qilayotgan aksiyalar soni körsatilgan holda jamiyatga yuboriladi.
Aksiyadorlarning özlariga tegişli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişi töğrisidagi yozma talablari aksiyadorlar umumiy yiğilişining tegişli qarori qabul qilingan kundan e’tiboran öttiz kundan keçiktirmay jamiyatga taqdim etilişi kerak. Mazkur muddat tugaganidan söng jamiyat qaytarib sotib oliş talabini qöygan aksiyadorlardan aksiyalarni ön kun içida qaytarib sotib olişi şart.
Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib oliş ovoz beriş natijasida uşbu Qonunga muvofiq aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişini talab qiliş huquqi vujudga kelişi mumkin bölgan masalalar kun tartibiga kiritilgan aksiyadorlarning umumiy yiğilişi ötkazilişi töğrisidagi xabarda körsatilgan narx böyiça amalga oşiriladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni qaytarib sotib olişga yönaltiriladigan mablağlarning umumiy summasi aksiyadorlarda özlariga qaraşli aksiyalarni qaytarib sotib olişni talab qiliş huquqi yuzaga kelişiga sabab bölgan qaror qabul qilingan sanadagi jamiyat sof aktivlari qiymatining ön foizidan oşib ketişi mumkin emas, bundan jamiyatning özgartirilişi hollari mustasno. Qaytarib sotib oliş talabi qöyilgan aksiyalarning umumiy soni uşbu qismda belgilangan çeklov inobatga olingan holda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinişi mumkin bölgan aksiyalar sonidan oşib ketgan taqdirda aksiyalar aksiyadorlardan qöyilgan talablarga mutanosib ravişda qaytarib sotib olinadi.
Jamiyat qayta taşkil etilgan taqdirda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar bekor qilinadi.
Uşbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boşqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga ötadi. Mazkur aksiyalar ovoz beriş huquqini bermaydi, ovozlarni sanaş çoğida hisobga olinmaydi, ular böyiça dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan e’tiboran bir yildan keçiktirmay realizatsiya qilinişi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yiğilişi mazkur aksiyalarni bekor qiliş yöli bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytiriş töğrisida qaror qabul qilişi kerak.
Yangilandi: 31-01-2025