Korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan xizmatchilarning faoliyat sohasi
Xodimlar bilan ishlash va ularni boshqarish sohasi:
Tizim korxonalarida rahbarlik lavozimlarga ishga qabul kilish xamda tayinlash jarayonlari.
Xaridlarni amalga oshirish sohasi:
Sanksiyaviy rejimga amal qilish;
Tizim korxonalarida:
Texnik topshiriqlar tayyorlashda buyurtmachining texnik talablarini aynan bitta yetkazib beruvchiga moslab yozilishi;
Muayyan kontragentlarga imtiyozlar berish orqali erkin rakobatga to‘sqinlik qiluvchi shartlarni kiritilishi;
Kontragentni tanlashda shaffoflik taʼminlanmaganligi manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chikarishi;
Yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishi;
Berilayotgan buyurtmalar hamda biznes hamkorlar tomonidan yuborilayotgan tijorat taklif shartlaridan xabardorligi;
Tanlash jarayonida sanksiyaviy rejimga amal qilish;
Qurilish-montaj ishlari sohasi:
Kurilish-montaj ishlariga oid hujjatlarni tayyorlash va qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish jarayoni.
Kompaniya uchun zarur bulgan maxsulotlarni mahalliylashtirish sohasi:
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tanlash jarayoni.
Sotuv va marketing sohasi:
Sotuv jarayonida kuzatiladigan barcha jarayonlar (avtomobillar sotuvi, tizim korxonalarida ishlab chikarilayotgan butlovchi kismlar va boshka maxsulotlarni sotish jarayonida)
Moliya, bank operatsiyalarini amalga oshirish sohasida:
Pul o‘tkazmalarni amalga oshirish; Banklarga depozit qo‘yish/qaytarib olish; Sug‘urtalash bilan bog‘liq jarayonlar.