“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolat muddati belgilanishi shart.
Shunga asosan, kafolatli servis xizmatlari quyidagi shartlar bajarilganda taqdim etiladi:
- avtomobil kafolat muddati doirasida bo‘lishi lozim (3 yil yoki 100 000 km yurish masofasi);
- servis kitobi va foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatilgan kafolat shartlariga rioya etilishi kerak;
- avtomobil faqat UzAuto Motors’ning rasmiy dilerlik markazlarida texnik xizmatdan o‘tishi shart.
Agar avtomobil kafolat muddati ichida sotilsa, yangi egasi kafolatli servis xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Shu bilan birga, ekspluatatsiya shartlariga amal qilinmasligi yoki avtomobil konstruksiyasiga mustaqil aralashuv kafolatli ta’mirdan voz kechishga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur.
