Ranglar sxemasi
Shrift o'lchami

Murojaatnoma

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

 

Korrupsiya muammosi sönggi yillarda jahon miqyosida transmilliy jinoyat sifatida xalqaro taşkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu hisoblanadi.

Respublikamizda ham davlat va jamiyat qurilişining barça sohalarida, şu jumladan sanoat sohasida korrupsiyaning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş va korrupsion omillarga barham berişga qaratilgan keng kölamli islohotlar izçil amalga oşirilmoqda.

Jumladan, 2017-yilda Özbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida"gi Qonuni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli va 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmonlari, 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-sonli qarori va bir qator boşqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul gilinişi mazkur sohaning huquqiy asoslarini yaratişga hissa qöşdi.

Şuningdek, 2017-yil 19-oktyabrdagi "Özavtosanoat" AJ va "General Motors International" kompaniyasi örtasida imzolangan Hamkorlik töğrisidagi Boş kelişuvga muvofiq, 2018-yilda Özbekistonda birinçi bölib "Özavtosanoat" AJ va tizim korxonalarida korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşişning ilğor xalqaro standartlariga asoslangan komplayens içki nazorat tizimi joriy etildi. 

Uşbu tizimning asosiy vazifasi - sohadagi korrupsiya holatlarining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, ularni bartaraf etişning ta'sirçan tizimini işlab çiqiş, şuningdek Jamiyatning barça xodimlari örtasida tuşuntiriş-proflaktik işlarini olib borişdan iborat.

Şu bilan birga, Jamiyat va tizim korxonalarida "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati", "Odob-axloq kodeksi", "Manfaatlar töqnaşuvini boşqariş siyosati" kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarşi kuraşişga qaratilgan içki me'yoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi.

Avtomobilsozlik sohasida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşişda preventiv çoralarni kuçaytiriş va mazkur yönalişlardagi bilimlarni uzluksiz oşiriş maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqiçma-bosqiç amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Sohaning köp sonli jamoasi, Özbekiston xalqi va hamkorlarimiz oldidagi "Özavtosanoat" AJga yuklangan mas'uliyatni anglagan holda korrupsiyaning har qanday körinişi va holatlariga yöl qöymaslik böyiça barça sa'y harakatlar amalga oşirilmoqda.

"Özavtosanoat" AJ öz navbatida, korrupsiyaga qarşi talablar va axloqiy me'yorlarni hisobga olgan holda har doim öz zimmasiga olgan majburiyatlarni vijdonan bajarilişi va qonun hujjatlariga qa'tiy rioya etilişini kafolatlaydi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Korrupsiyaning har qanday körinişiga murosasiz boliş kundalik hayot tarzimizga aylanişi şart. Bu illatga qarşi kuraşişga barça davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilişi zarur" degan çagiriği bizning hayotiy şiorimizga aylangan.

Şunday ekan, Barçamiz, Jamiyat tizimidagi har bir korxona rahbari va xodimlari korrupsion holatlarni oldini oliş va unga çek qöyiş uçun mas'ul ekanligimizni anglaşimiz zarur.

Fursatdan foydalanib, hamkasblarimiz va hamkorlarimizni iş yuritişda halollik, oçiqlik va şaffoflik standartlariga hamda korrupsiyaga qarşi tamoyillarga rioya qilişga va şubha tuğilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berişga yana bir bor çorlab qolamiz.

«Özavtosanoat» AJ Boşqaruv raisining murojaati

Yangilandi: 10-01-2026