Сменить цвет
Изменить размер
Экранный диктор

Kompaniya haqida

Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan “O’zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyotimizning bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylandi. Nufuzli kompaniyalar bilan teng va o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatishga asoslangan ilgari odimlash strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlarni dunyo standartlari darajasida ishlab chiqarishga qaratilgan.

Ayni damda Markaziy Osiyo hududidagi barcha turdagi yengil avtomobillari va tijorat texnikasini ishlab chiqaruvchi yagona davlat O’zbekiston bo’lib turibdi. Bugungi kunda sohada “O’zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati doirasida birlashtirilgan va bevosita 27 mingdan ortiq ishchi o’rniga ega 70 dan ortiq tarmoq korxonalari va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda, 200dan ortiq chet el korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o`rnatilgan. 

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi yengil avtomobillari va tijorat texnikasini ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradigan  kompaniya. Bugungi kunda sohada “O‘zavtosanoat” doirasida birlashtirilgan va bevosita 27 mingdan ortiq ishchi o‘rniga ega 72 ta tarmoq korxonalari va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida ham avtomobil, qishloq xo‘jalik va maxsus texnika qurilishining o‘zi, ham ommaviy iste'mol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi, o`quv va ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar mavjud.

Jamiyat boshqarish korxonalari:

“Avtosanoat Invest” (jamiyat ulushi - 100%)

“Uzautocomponents” MChJ (jamiyat ulushi - 100%)

“Uzauto Passenger Vehicles Management” MChJ (jamiyat ulushi - 100%)

“Uzauto Commercial Vehicles Management” MChJ (jamiyat ulushi - 100%)

Asosiy ishlab chiqarish korxonalari:

“UzAuto Motors” AJ (engil avtomobillar)

“SamAvto” MChJ QK (Isuzu avtobuslari, yuk avtomobillari va D-Max pikaplari)

“Jizzax avtomobil' zavodi” MChJ (engil tijorat avtomobillari)

“UzAuto Motors Powertrain” AJ (kuch agregatlari)

Mahalliylashtirish korxonalari (25 ta, avtokomponentlar)

Savdo xizmatlari korxonalari:

"AvtosanoatInvest" MChJ (jamiyat ulushi – 100%)

Avtotexxizmat korxonalari (11 ta)

“O‘zavtosanoatservis” MChJ korxonalari (7 ta)

Jamiyatning boshqaruviga berilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari:

“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ

“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ

“Agregat zavodi” AJ, “Texnolog” AJ

“Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ

“Agrosanoatmashinvest” MChJ

Muhim faktlar:

Tashkil qilingan sana: 1994 yil.

Xodimlar soni: 28 ming nafardan koʼproq.