TAT DF 903 va TAT DF 904 Andijon dala maydonlarida...
Joriy yilning 6 iyun sanasida Andijon viloyatidagi klaster va fermer xo'jaliklarining 200 nafardan ortiq vakillari ishtirokida tashkil etilgan demo-seminar ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.
Seminarni viloyatning qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha hokim o'rinbosari Avazbek Ergashev ochib berdi.
So'ngra korxonamiz vakillari tomonidan TAT DF 903 va TAT DF 904 traktorlarining vazifasi, texnik imkoniyatlari, samaradorligi hamda afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbir qatnashchilariga mazkur texnikalarni imtiyozli shartlarda yetkazib berish, subsidiyalar ajratish va qo‘shimcha moliyalashtirish imkoniyatlari haqida tushuntirildi.
Dalada milliy traktorlarning sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach bir necha nafar fermerlarning TAT DF904 traktorlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
— "Ruldagi gidravlika va suyuq tormoz tizimi shunchalik yumshoq va qulayki, ushbu traktorni boshqarish menga yengillik baxsh etdi."
— "Ushbu traktordan uzoq vaqt davomida to’xtovsiz foydalanish mumkin. Bu dala maydonlarida eng qulay tarafi deb hisoblayman. Dvigelda juda unumli moyli filtri bor ekan, dalada chang ko'tarilishi tabiiy jarayon va o’rnatilgan filtr orqali tashqaridagi chang ichkariga umuman kirmaydi. Injenerlar yaxshi yangilik kiritishibdi. Bizga ma'qul keldi."