«UzAuto Motors» AJ

Umumiy maydoni / Ishlab chiqarish maydoni - Asaka : 72ga / 192 ming kv. m.; Xorazm: 35 ga / 20 ming kv. m.; Toshkent: 5 ga / 13 ming kv. m.

Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.

ISHLAB CHIQARISH QUVVATI:

«UZAUTO MOTORS» AJ, Asaka shahri - 300 mingdan ziyod avtomobil.

«UZAUTO MOTORS» AJ filiali, – 90 ming avtomobil;

UZAUTO MOTORS YETKAZIB BERUVCHILARI:

100 dan ortiq, shu jumladan sub yetkazib beruvchilar. Asosiylari — «GM Powertrain Uzbekistan», «Uz SeMyung», «Uz Koram»,«Uz Koje» «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Hanwoo», «Uz Dong Won Ko», «Uz Dong Ju Paint», «Uz Tong Hong Ko», «Uz Chasis»,«Uz Sangwoo», «O`zAuto Austem», «Uz Minda», «Jizzax Akkumulyator Zavodi», «Uzeraealternator», «Uzerae Climate Control», «Uzeraeacable», «Uz Hanwoo Engineering», «Kwangin Autosystems», «Avtooyna» va boshqalar.

XODIMLARI:

«UZAUTO MOTORS» AJ xodimlari soni 2022 yil 1 may holatiga ko'ra 11 124 kishidan ortiqni tashkil etadi.

«JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI AVTOMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISH, YIG'ISH VA SOTISH ORQALI FOYDA OLISHDAN IBORAT». JAMIYAT FAOLIYATINING PREDMETI:

  • - avtomobillarni ishlab chiqarish, yig'ish va sotish;
  • - avtomobil detallarini va extiyot qismlarni ishlab chiqarish va sotish;
  • - eksport va import operatsiyalarini, hamda vositachilik amaliyotlarini amalga oshirish;
  • - marketing;
  • - injiniring xizmatlarini ko'rsatish;
  • - qarz berish, shu jumladan Uchinchi shaxslardan va davlat organlaridan qarz olish;
  • - yuqorida ko'rsatilgan maqsadlarga erishishi uchun zarur bo'lgan Qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa har qanday faoliyat turlarini amalga oshirish.