Rasmiy xabar: Buxoro-Urganch avtotrassasida "UzAut...
Bugun, 14-iyun soat 11:40 da “Buxoro-Urganch” avtomobil yo’lida UzAuto Motors avtoparkiga tegishli treyler va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, avtomobillarning to’g’ridan-to'g'ri to'qnashuvi natijasida avtovoz kabinasi shikastlanganligi sabab ikki haydovchisi ham olingan og’ir jarohatlar natijasida vafot etdi.
Ayni paytda ushbu hodisa tegishli xizmatlar tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, hodisa sabablari aniqlanmoqda. Avtohalokat haqida batafsil ma’lumot tergov-tezkor tadbirlari yakunlariga ko‘ra beriladi.
UzAuto Motors jamoasi YTH qurbonlarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Kompaniya ularga barcha zaruriy yordam va ko’mak ko’rsatilishiga kafolat beradi.