ЦВЕТОВАЯ СХЕМА
РАЗМЕР ШРИФТА

Saxapov Aleksandr Aleksandrovich

Aleksandr Saxapov 1982-yilda tug‘ilgan, Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Aleksandr Saxapov “UzAuto Motors” AJning Sotuv va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Aleksandr Saxapov avtomobilsozlikning boshqaruv sohasida qolaversa, ayni yo‘nalishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega. 2003-yildan buyon “O‘zavtosanoat” AJ va “UzAuto Motors” AJda turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Bundan tashqari, olti yil davomida u bosh ekspert sifatida avtomobilsozlik sanoati masalalari bilan shug‘ullangan, so‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiyani rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti mashinasozlik sektori mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.