Bugun 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.
UzAuto jamoasi mamlakatimizdagi barcha harbiylarni va huquq-tartibot idoralari xodimlarini bayram bilan muborakbod etadi!