ЦВЕТОВАЯ СХЕМА
РАЗМЕР ШРИФТА

"KWANGJIN AUTOSYSTEMS" LLC

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va o’zlashtirish hajmini kengaytirish bo’yicha dastlabki chora-tadbirlar dasturi to’g’risida» 2011 yil 4 oktyabrdagi PQ-1623-son qaroriga muvofiq va “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida” 2012 yil 21 noyabrdagi PQ-1855-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida (sobiq DAJ “TAPOiCh” hududida) 2012 yil 19 sentyabrda chet el investisiyalari ishtirokida “Kwangjin Autosystems” MChJ tashkil etildi.

Tashkilot ta’sischilari “O’zavtosanoat” AJ (O’zbekiston) – 50% va Kwangjin Machine Co., Ltd (Janubiy Koreya) – 50%.

«Kwangjin Autosystems»  MCHJda 2014 yildan boshlab «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Matiz, Spark, Nexia, Cobalt va Damas avtomobillari uchun qirqqa yaqin mexanik va elektrik oyna ko’targichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada mahsulot ishlab chiqarilishi xalqoro avtomobil standarti ISO/ТS 16949:2011 talablariga  mos keladi.

Bugungi qunda korxonada 70dan ortiqroq  ishchi va hizmatchilar faoliyat olib bormoqda. Korxonaning umumiy maydon  2, 44 ga.  Korxonaning  yilliq ishlab chiqarish quvatti 280 mingta avtomobilga oyna ko’targichlar ishlab chiqarish muljallangan. 

Korxona mahsuloti - mexanik va elektrik oyna ko’targichlar.

Web site: https://kjas.uz/

E-mail:

Updated: 2025-01-30