2025-yil 27-iyun kuni Navoiy viloyati, Navoiy shahrida “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining Ishlab chiqarish masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Turayev Farxod Razakovich rahbarligida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Barcha jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarini ushbu sayyor qabulda o‘z fikr-mulohazalari, muammo va takliflari bilan ishtirok etishlarini so‘raymiz!
Manzil: “Navoiyavtotexxizmat” MChJ.
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Amir Temur ko'chasi 2-uy.