2025-yil 15-dekabr kuni soat 10:00da Toshkent shahri, Sergeli tumani, Obihayot ko‘chasi, 39-uy manzilida (“Sergeli-avtotexxizmat” MCHJ binosi) “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbir avtomobil sotib olish jarayonida fuqarolar duch kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, avtomobil xaridi bilan bog‘liq amaldagi tartib-taomillarni tushuntirish, shaffoflikni ta’minlash hamda noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Barcha fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning vakillarini o‘z fikr-mulohazalari, savollari, muammo va takliflari bilan faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Ro‘yxatga olish vaqti: soat 09:40 dan boshlanadi.