“Jizzax auto” AJ O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan aholisiga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha samarali hamkorlikni davom ettirmoqda. Bugun kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga yana 108 dona beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasini topshirdi. Bu 1 000 dona avtomobil yetkazib berilishi kerak bo’lgan umumiy rejaning bir qismi bo‘lib, ulardan 700 donasi allaqachon yetkazib berilgan.
Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining imtiyozli kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Ushbu yangi Volkswagen Caddy tez yordam mashinalari tibbiyot hamjamiyati tomonidan tan olingan hamda bemorlar e'tirofi va ishonchiga sazovor bo'lib kelmoqda. Boisi, ular tez tibbiy yordam ko'rsatish hamda bemorlar hayotni saqlab qolishda ishonchli va samarali transport vositasi sifatida ajralib turadi. Yangi avtomobillar barcha so‘nggi talablar asosida zamonaviy va qulay texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.
Volkswagen Caddy avtomobillari O'zbekiston tibbiyotiga Yevropa sifati va texnik xususiyatlarini taqdim etadi. Bu sog‘liqni saqlash infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanganidan dalolat beradi, qolaversa, eskirgan tez tibbiy yordam mashinalarining zamonaviy va ishonchli avtomashinalarga almashtirilgani mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi rivojida muhim qadam bo‘lmoqda.