“O’zavtosanoat” AJ badiiy gimnastika bo'yicha milliy terma jamoa a’zosi Taxmina Ikromovani mamlakatimizda 2023 yilning eng yaxshi ayol sportchisi deya e’tirof etilishi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
“O’zavtosanoat” AJ badiiy gimnastika bo'yicha mill...
Taxmina Ikromova joriy yilning aprel oyida Bolgariyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida ko‘rsatgan ajoyib chiqishi uchun 2023-yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Uning xalqaro o‘yinlardagi ko‘plab sovrinlari hamyurtimizning yuksak mahoratidan dalolat beradi.
“O‘zavtosanoat” jamoasi Taxminaning erishgan yutuqlari bilan faxrlanadi va uni munosib g‘alabasi bilan samimiy tabriklaydi!
Sportni qo‘llab-quvvatlash, sog’lom turmush tarzini targ’gib qilish hamda sportchilarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining ustuvor yo’nalishlaridan bo‘lib qolmoqda va biz sportchilarimiz erishayotgan yutuqlaridan faxrlangan holda, kelgusi musobaqalarda ularga omad va zafarlar tilab qolamiz!