“UZAUTO MOTORS” AJ “GURLAN AVTOSALON” MÇJ BILAN DI...
"UzAuto Motors” AJ “GURLAN AVTOSALON” MÇJ (Xorazm viloyati Gurlan tumani) bilan dilerlik kelişuvining bir qator bandlarini qöpol ravişda buzganligi sababli şartnomani bekor qilganligini ma’lum qiladi.
“UzAuto Motors” AJ tomonidan dilerlik markazlarida avtomobil sotuvining şaffofligi qay darajada taşkillaştirilganligi böyiça joriy yilning 26-27 aprel kunlari “GURLAN AVTOSALON” MÇJda monitoring ötkazildi. Ötkazilgan monitoring natijasida, olib borilgan ogohlantiriş va tuşuntiriş işlariga qaramay, Diler korxonasi tizimli ravişda xato va kamçiliklarga, qonun buziliş holatlariga yöl qöyib, dilerlik kelişuvi talablarini buzganligi aniqlandi.
Tekşiruv davomida Dilerlik korxonasi tomonidan avtomobil sotuvidan "UzAuto Motors" AJ hisob-raqamiga kelib tuşişi lozim bölgan pul mablağlarining talon-toroj qilinganligi, bölib tölaş şarti bilan aksiyasi doirasida xarid qilingan avtomobillar böyiça muddati ötgan qarzdorlik yuzaga kelganligi qolaversa, aksariyat hujjatlar örnatilgan tartibda rasmiylaştirilmay qalbakilaştirilganligi kabi kamçilik va qonun buzilişlariga yöl qöyilganligi ma'lum böldi.
Dilerlik korxonasida aniqlangan uşbu qonun buzilişi holatlariga huquqiy baho beriş va qonuniy qaror qabul qiliş uçun töplangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga taqdim qilindi.
“GURLAN AVTOSALON” MÇJ va mijozlar örtasida tuzilgan şartnomalar böyiça mijozlar oldidagi majburiyatlar “XORAZM AVTOTEXXIZMAT” MÇJ tomonidan bajariladi.
"UzAuto Motors" AJ tomonidan “GURLAN AVTOSALON” MÇJning mijozlar oldidagi majburiyatlari öz vaqtida töliq bajarilişi kafolatlanadi.
Kompaniya mijozlarga yuqori sifatli xizmat körsatişni saqlab qoliş uçun Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yöl qöyilayotgan kamçilik va qonunbuzarliklarni aniqlaşda davom etadi.
Hurmatli fuqarolar, agarda dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qiliş jarayonida tamagirlik holatlariga duç kelsangiz, Sizdan kompaniyaning “call-center” markazi raqamiga 78 141 77 77 murojaat qilişingizni söraymiz.