Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan, 11-fevral - “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab “Olima ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitet olima ayollari -“Menejment, iqtisod va gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, DSc Munira Sultonboyeva hamda “Mashinasozlik va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi dotsenti, PhD Shirin To‘raxodjayeva, shuningdek Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti professori, DSc Vasila Yarasheva va PhD, dotsent Gulasal Madraximova o‘zlarining ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, ushbu yo‘ldagi mashaqqatlar hamda muvaffaqiyatga erishish bo'yicha motivatsion nutqlari bilan qatnashdi.
Davra suhbatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm-fan, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini kuchaytirishga alohida ahamiyat berilayotgani, natijada bugungi kunda ayollar jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tobora yetakchi o‘rinlarni egallab, ta’lim, madaniyat va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotganliklari ta’kidlab o‘tildi.