Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengaşi tomonidan, 11-fevral - “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni”ga bağişlab “Olima ayol - jamiyat közgusi” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Uçraşuv davomida universitet olima ayollari -“Menejment, iqtisod va gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti, DSc Munira Sultonboyeva hamda “Maşinasozlik va aviakosmik muhandisligi” kafedrasi dotsenti, PhD Şirin Töraxodjayeva, şuningdek Toşkent Davlat Iqtisodiyot universiteti professori, DSc Vasila Yaraşeva va PhD, dotsent Gulasal Madraximova özlarining ilm-fan sohasida erişgan yutuqlari, uşbu yöldagi maşaqqatlar hamda muvaffaqiyatga erişiş böyiça motivatsion nutqlari bilan qatnaşdi.
Davra suhbatida sönggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm-fan, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini kuçaytirişga alohida ahamiyat berilayotgani, natijada bugungi kunda ayollar jamiyatimiz hayotining barça sohalarida tobora yetakçi örinlarni egallab, ta’lim, madaniyat va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qöşayotganliklari ta’kidlab ötildi.