“Ozavtosanoat” AJda 2025-yilga möljallangan samaradorlikning muhim körsatkiçlari (KPI) ijrosini baholaş, erişilgan natijalarni tahlil qiliş va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilaş maqsadida iqtisodiy öqiş ötkazildi.
Tadbirda “Ozavtosanoat” AJ rahbariyati, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari iştirok etdilar.
Muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining tegişli topşiriği hamda tasdiqlangan iqtisodiy öqişlar grafikiga muvofiq, Boşqaruv raisi va uning örinbosarlarining KPI doirasida belgilangan maqsadlarning birinçi yarim yillik ijrosi, şuningdek, III çorak uçun rejalaştirilgan vazifalarning joriy holati atrofliça muhokama qilindi.
Yiğilişda Boşqaruv raisi va uning örinbosarlarining 2025 yilga möljallangan samaradolikning muhim körsatkiçlari (KPI)da belgilab olingan maqsadlarning birinçi yarim yillik ijrosida erişilgan natijalar, aniqlangan kamçiliklar va III çorak uçun belgilangan rejalar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Qolaversa, joriy yil uçun maqsadli iqtisodiy körsatkiçlarga erişişni ta’minlaş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar samaradorligi yuzasidan taqdimot ham namoyiş etildi.
Uşbu iqtisodiy öqiş “Ozavtosanoat” AJning 2025-yil uçun belgilangan KPI maqsadlarining ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaşga hamda ularning sifatli va öz vaqtida bajarilişini ta’minlaşda mas’ul rahbarlarning javobgarligini oşirişga xizmat qiladi.