"UZAUTO MOTORS" MEHNAT JAMOALARIDA O'ZBEKISTON PRE...
Prezident topshirig’i:
–Vazirlar Mahkamasiga 3 kun muddatda import avtomobillar uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga, 30 foizdan 15 foizga pasaytirish bo’yicha qaror loyihasini kiritish;
–Avtomobillar uchun oldindan to’lov miqdorini 85 foizdan 50 fiozgacha pasaytirish;
–Ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish va avtomobillar uchun navbatlarni 1-mayga qadar bartaraf etish;
–Avtomobilni yetkazib berilishining aniq sanasi haqida mijozlarga ma'lumot berishni yo'lga qo'yish;
Albatta, ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan jamoaviy ish va har bir xodimning harakatini yagona natijaga qaratish talab etiladi. Shuning uchun 15-fevral kuni “UzAuto Motors” jamoasining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda mamlakat prezidenti tomonidan berilgan topshiriqlar keng muhokama qilindi. Rivojlanish yo’nalishlari belgilandi, aniq maqsadlar, muddatlar hamda mas’ul shaxslar belgilandi. Korxona bosh direktori Bo Inge Andersson o‘z nutqida avtomobil ishlab chiqaruvchilar oldiga qo‘yilgan vazifalar jiddiy ekanini, biroq kompaniya jamoasi ularni hal etishga qodir ekanligini ta’kidladi.