27 may kuni «GM Uzbekistan» AJ yangi «Nexia» avtomobilining taqdimotini ötkazdi. Özbekiston bozorida yangi avtomobil «Chevrolet Nexia» brendi ostida sotiladi. Xorijiy mamlakatlarga esa «Ravon Nexia R3» brendi ostida eksport qilinadi. Avtoişqibozlarning işonçini töla oqlagan «Nexia» avtomobilining yangi avlodi eng zamonaviy talablar asosida yaratilgan. U xavfsizlik, qulaylik va jihozlanişi böyiça yuqori darajada ekanligi bilan tavsiflanadi. Şuni ham alohida ta'kidlaş kerakki, yangi avtomobilda ötmişdoşining sifat va narxning özaro mutanosibligi kabi xususiyatlari ham mujassamlaşgan.