Ranglar sxemasi
Shrift o'lchami

Toşkent şahridagi Turin Politexnika Universiteti

Toşkent şahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) 2009 yil 27 Aprelda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va Oz’bekiston Respublikasi Oliy va Örta-maxsus Ta’lim vazirligi, Özavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 yanvardagi uç tomonlama Şartnomaga muvofiq avtomobilsozlik, maşinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi taşkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan.

TTPU

1859 yil taşkil etilgan hamda Yevropaning eng ilğol texnik universitetlaridan biri bölgan Italiyadagi Politecnico di Torino ta’lim jarayonini ilmiy va amaliy tadqiqot bilan faol ravişda birga olib borişi bilan xarakterlanadi.   U 18 fakultet va köplab yirik avtomobil va boşqa korxonalar uçun asosiy ilmiy-tadqiqot markazi bölga 19 ilmiy tadqiqot markazi va laboratoriyalardan taşkil topgan. Özbekistonda umue’tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq keluvçi bunday Yevropa oliygohini oçilişi Özbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlaşning Milliy Dasturi maqsad va vazifalariga tölaqonli mos keladi.   

TTPU

Şunindek, yangi oliy öquv yurti oçilişining muhim maqsadlari öquv jarayoniga mahalliy professor-öqituvçilar tarkibini jalb qiliş, professor-öqituvçilar uçun uzluksiz ta’limiy dasturni şakllantiriş va TTPU tarkibida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oşiriş, hamda avtomobil dizayni, dvigateli, ehtiyot qismlari, butlovçi qismlari, asbob-uskunalari böyiça ilmiy tadqiqot natijalarini qöllaş, va arxitektura va sanoat dizayni, energiya tejovçi texnologiyalar, mahalliy xom aşyo asosida quriliş materiallarining yangi turlarini yaratiş imkoniyatini beruvçi texnoparkni taşkil etişdan iborat.

TTPU

Ikki mamlakat (Italiya va Özbekiston) öquv dasturlari orasidagi tafovutlarni uyğunlaştiriş maqsadida TTPU va POLITO mahalliy ta’lim standartlariga moslaştirilgan xolda, Yevropa Ittifoqi öquv dasturiga ayrim özgartitişlar kiritilgan xolda qabul qilişga kelişib oldilar. Ulardan biri  OTMda öqişdan oldin eng kamida 12 yil öqiş lozim bölgan Italiya talablari va talabalarni zaruriy tayyorgalikka erişişlari uçun Universitetda qöşimça Tayyorlov yili joriy etilişidir. TTPUdagi mavjud öquv dasturi turli ta’limiy strukturalarda alohida tajriba sifatida qöllanilişi mumkin, hamda u proekt maqsadlarini amalga oşirilişida işlatilişi mumkin.

TTPU

TTPU bitiruvçilari Politecnico di Torino (POLITO) bakalavr (BSc) va magistr (MSc) darajalariga juft ravişda ega böladilar. TTPU Ustavida körsatilganidek, TTPU va POLITO örtasidagi ikki darajali kelişuv asosida TTPU bitiruvçilari  Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga köra TTPU diplomiga hamda Italiya Respublikasi qonunçiligiga köra POLITO diplomiga ega böladilar.    Ma’lumki, Özbekistonda maşinasozlik va boşqa sanoat turlari rivojlanib borayotganligi sababli Maşinasozlik texnologiyasi, Arxitektura, Axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlaş (Kompyuter muhandisligi) sohalaridagi mutaxassislarga Özbekiston Respublikasidagi köplab korxona va taşkilotlarda talab yuqori böladi.  

TTPU

TTPU oliy ta’lim tizimida boşqa nodavlat oliy öquv yurtlari bilan bir qatorda oliy ta’lim sohasida ta’limiy faoliyat körsatiş uçun lozim bölgan Litsenziyaga ega böldi. Tegişli davlat organi tomonidan berilgan mazkur xujjat Universitetga maşinasozlik sanoati, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, quriliş va arxitektura sohalarida mutaxassislar tayyorlaş huquqini yana bir karra berdi.   Şuningdek, TTPU oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaşda  ISO 9001  sifat sertifikatiga ega bölgan Özbekistondagi eng birinçi universitetlardan birga aylandi.
TTPU

Şuningdek, bitiruvçilarga nafaqat ta’lim beriş, balki kelajakdagi kasblarida ham olgan bilimlarini amalga oşiriş orqali ta’lim, ilmiy va tadqiqot vazifalaridan taşqari bilim va texnologiyalarni tijoratlaştiriş uçun universitet 3:0 maqomini olgan universitetga aylandi. Kelajakda iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlarini birlaştirgan oliy ta’lim modelini şakllantiriş maqsadida universitet 4:0 maqomini olişga qadam qöymoqda.

Rektor - Tuyçiev Olimjon Alijonoviç 

Aloqa kanali: +99871 2030777 (111)

Veb sayt: https://turin.uz/uz/uz-2/

E-mail: info@polito.uz

Yangilandi: 01-02-2025