AVTOMOBIL IŞLAB ÇIQARIŞDA MAKSIMAL YUQORI KÖRSATKI...
UzAvto rahbariyatining Andijon viloyatidagi tizim korxonalariga taşrifi davom etmoqda. Joriy yilning mart oyi boşidan davom etayotgan taşrif doirasida, “Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzoqov öz örinbosarlari, boşqarma boşliqlari va Komplayens xizmati vakillari iştirokida Asaka şahridagi “UzAuto Motors” zavodi va sanoat korxonalarining biznes-rejalari ijrosini kompleks örganmoqda.
Mazkur işçi yiğiliş doirasida “Özavtosanoat” rahbariyati korxonaning oddiy işçi-xodimlari bilan bevosita muloqot qiliş, ularning kayfiyatini örganiş maqsadida korxona va bölinma rahbarlari bilan bir qator uçraşuvlar ötkaziş imkoniga ega böldi.
“Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov va korxona boş direktori Bo Andersson yakkama-yakka hamda sohaning yetakçi mutaxassislari iştirokida bir qança mazmunli işçi uçraşuvlar ötkazdi. Yiğilişning asosiy maqsadi Asaka şahridagi UzAuto Motors zavodining biznes-rejasi ijrosini har tomonlama örganişdan iborat.
15-mart kuni UzAuto Motorsda Şavkat Umurzoqov raisligida bölib ötgan kengaytirilgan işçi yiğilişidagi asosiy mavzu 2022-yil uçun byudjet va biznes-reja masalalari böldi. “Özavtosanoat” boşqaruv raisi özining qisqa kiriş sözida bu yilgi biznes-rejada nafaqat belgilangan maqsadlarga erişiş, balki 2021-yilda nimalar ötkazib yuborilganiga ham jiddiy e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi.
Bu yilda butun avtomobilsozlik sanoati va UzAuto Motors oldiga aniq maqsad qöyildi – avtomobil işlab çiqarişda maksimal yuqori körsatkiçlarga erişiş. Şu bilan birga, yiğilişda ta’kidlanganidek, avtomobil işlab çiqaruvçilarning 2022 yilgi biznes rejasida doimiy özgaruvçan siyosiy-iqtisodiy muhit şuningdek, davom etayotgan logistika va yarimötkazgiçlar inqirozi kabi qiyin şaroitlarda sifatni yaxşilaş va işlab çiqarişni optimallaştiriş bilan mahsulot qatorini kengaytiriş uçun juda katta maqsadlar qöyilgan.