Bugungi qahramonimiz Azamov Şavkatjon Begjonoviç işlab çiqarişdagi 26 yillik iş tajribasidan boşlab işlab çiqariş uskunalarining samarali işlaşi bilan boğliq texnik muammolarni qanday hal qiliş, ularni şay holatda saqlaş, texnik körikdan ötkaziş, jarayonlarni optimallaştiriş, xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, şuningdek texnologiya va texnik xizmat körsatiş direksiyasida erişgan yutuqlari va muvaffaqqiyat yöli haqida sözlab beradi.

U öz faoliyati 1997 yilda muhandis texnolog bölib boşlagan. Hozirgi kunda texnologiya va texnik xizmat körsatiş direksiyasi direktor örinbosari lavozimini işlab kelmoqda. 26 yillik iş tajribasi bilan öz işining yuqori malakali mutaxassisiga aylanib, professional yölni bosib ötdi. Avtozavodda işlab çiqarilayotgan avtomobil opsiyalarini bozor talablariga mos ravişda yangilab boriş, şuningdek yangi opsiyadagi avtomobillarni işlab çiqariş liniyalariga joylaş va sifatli işlab çiqarilişini ta’minlaşda öz jamoadoşlari bilan jonbozlik körsatib kelmoqda.
Şavkatjon Begjonoviç bugungi kunda işçanligi, professionalligi işga mas’uliyat bilan yondaşişi natijasida hamkasblari orasida munosib obrö-e’tiborga sazovor, navqiron yoş kadrlar uçun namuna bölib, mehnat jamoasi va zavod rahbarlari örtasida hurmat qozongan. Mahsulot sifatini yaxşilaş, avtomobillarni yiğişda yangi texnologiyalarni joriy qiliş böyiça 25 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflarini kiritgan. Özining tirişqoqligi va talabçanligi bois yuqorida aytib ötilgan loyihalarni amalga oşirilişini ta’minlamoqda.
Qahramonimiz yarim tayyor avtomobillarni yangi eksport bozorlari uçun loyihalarini tayyorlaşda öz bölinmasi bilan birgalikda bir qança işlarni bajarişlarini gapirib beradi: “Bölinmadagilar bilan yarim tayyor avtomobillar kuzovlari hamda dvigatellarini eksport qiliş uçun kuzov karkasi va dvigatel taralarini loyihalaş ustida işlaymiz” deb tajribalarini örtoqlaşdi. Har qanday muvaffaqqiyat mahorat va qobiliyat bilan çambarças boğliqligini ta’kidlaydi.
Şavkatjon Begjonoviç bundan buyon ham korxona ravnaqi, undagi har bir xodim baxti uçun kuçi boriça mehnat qilişini faxr bilan bildiradi.
Öz mehnati bilan yurt avtomobilsozlik sanoati ravnaqiga hissa qöşişdek savobli işning boşini tutgan qahramonimizning hali orzu-niyatlari, rejalari talaygina. Bu yölda tinim bilmay odimlaydi. Korxona rivoji yölida öz hissasini qöşişda davom etaveradi.

