UzAuto Motors'ga oçiq tanlov asosida 1800 dan orti...
“UzAuto Motors” AJ tomonidan Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini işlab çiqariş uçun yangi böş iş örinlari taşkil etildi va tanlov e’lon qilindi. Tanlovda Andijon, Farğona, Namangan viloyatlaridan 8 000 nafardan ortiq fuqarolar onlayn tarzda arizalar topşirişdi. Nomzodlar 4 bosqiçda saralab olindi. Şu kuni 1 800 nafardan ortiq xodim işga qabul qilindi.
Şuningdek, “Uzavtosanoat” AJ va “UzAuto Motors” AJ rahbariyati taşabbusi bilan Asaka, Andijon va Şahrixon tumanlaridagi kam ta’minlangan, çin yetim, yarim yetim, boquvçisini yöqotgan yoşlarni iş bilan ta’minlaş uçun hokimiyatliklarga murojaat bilan çiqildi. Murojaatga binoan 400 nafardan ortiq yoşlar röyxati taqdim etildi. Tuzilgan işçi guruh tomonidan yoşlarning yaşaş şaroiti örganildi. Örganişlar natijasida jami 300 nafardan ortiq yoşlar işga tavsiya etildi.
UzAuto Motors nafaqat avtomobil işlab çiqaradi balki malakali kadrlarni katta jamoada qabul qilib, ularning malakasini oşirib, mahoratini yuksaltirib respublikadagi turdoş sohalarga ham yetkazib beradi.