
UzAuto Motors kompaniyasi sönggi paytlarda öz mahsulotlarining “obzor”lari bilan töqnaşmoqda. Ularning aksariyati, asosan, Chevrolet Onix va Tracker avtomobillariga tegişli bölib, avtoservislar tomonidan tayyorlangan.
Uşbu modellar yangiligi tufayli aholiga katta qiziqiş uyğotişini tuşungan holda, ular haqidagi “obzorlar”da, ehtiyot qismlar va zaruriy detallarning yöqligi haqidagi şikoyatlar bilan boğliq mavzu muhokama qilinadi, faqatgina ularning avtoservislarida ehtiyot qismlarni topiş va avtomobilni ta’mirlaş bilan boğliq muammolarni hal qiliş mumkinligi keltiriladi. Şu bilan birga, eng muhim jihat Chevrolet Onix va Tracker modellarining aksariyati hali ham işlab çiqaruvçining kafolat muddatida ekanligi e’tibordan çetda qoladi.
Şu munosabat bilan, UzAuto Motors kompaniyasi barça yangi avtomobillar işlab çiqaruvçi tomonidan kafolatga ega ekanligi va faqat vakolatli servis markazlarida xizmat körsatiş kerakligini eslatadi.
UzAuto Motors tomonidan avtorizatsiya qilingan servis xizmat körsatiş markazlarida töğri va xavfsiz xizmat körsatiş uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilgan bölib, kerakli detallar, sarf materiallari va jihozlar hamda malakali xodimlarga ega.
Şuningdek, avtomobilga sertifikatlanmagan servis markazlarida texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş haqli ravişda avtomobilga işlab çiqaruvçi tomonidan beriladigan kafolatni yöqotib, qöşimça xarajatlarga olib kelişi mumkinligini eslatib ötamiz.
Hurmatli avtomobil egalari, yangi avtomobilingizni norasmiy xizmat körsatiş markazlari işonmang. Işonçingiz komil bölsin, rasmiy markazlar sizga bozordan emas, balki işlab çiqaruvçi tomonidan original ehtiyot qismlar örnatilişini kafolatlaydi.
