Qozoğiston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB)ning ma’lumotiga köra, Qozoğistonda yengil avtomobillar sotuvi böyiça Chevrolet öz liderlik poğonasini saqlaşda davom etadi.
Ta’kidlaş joizki, 2021 yilning ötgan 7 oyida ham qolgan brendlar orasida liderlik qilgandi. Reytingning yuqori uçligida 2 196 dona avtomobil sotuvi bilan Chevrolet, ikkinçi örinda 1 561 natija bilan Hyundai, Toyota dilerlari esa 1 012 dona avtomobil sotuvi bilan uçinçi öringa qaytişdi.
TOP-10 talikdagi birinçi uçlik özgarişsiz:
Chevrolet Cobalt — 1 330 dona;
Chevrolet Nexia — 542 dona;
Hyundai Accent — 499 dona.
Qozoğiston avtobiznes Assotsiatsiyasi (AKAB) mamlakatda yangi avtomobillar sotuvi ötgan yilning avgust oyiga nisbatan 5.4% - 9.093 dona avtomobilga kamayganligini ta’kidlaydi. Buni esa, ayni paytdagi avtomobillarga bölgan talabning ortib borayotganligi, şu bilan birga butun dunyo avtomobilsozlik sanoatida kuzatilayotgan mikroçip muammolari hamda ularni yetkazib berişdagi uzilişlar avtomobilsozlik sanoati uçun köplab yöqotişlarga sabab bölayotganligi bilan izohlaydi.