Dvigatelning asosiy tarkibiy qismlari – porşenlar, öt oldiriş şamlari, benzonasos, egzoz va quvvat tizimlarining faol işlaşi benzin sifati bilan uzviy boğliq. Afsuski, sönggi vaqtlarda AYoQŞlarda sotiladigan yoqilği sifatiga oid şikoyatlar kam emas. Ba’zi yoqilği şaxobçalarida standartlarga mos bölmagan benzinlar işlatilişi kuzatilmoqda va bu avtomobil dvigatelining işdan çiqişiga hamda avtomobil egalarining qöşimça xarajat qilişiga sabab bölyapti. Agar siz avtomobilingizda yoqilği sarfining köpayganini, tortiş körsatkiçlarining yomonlaşganini (quvvatni yöqotiş, gaz pedalini bosişda kuçsiz reaksiya) sezsangiz, muammo sabablarini aniqlaş va dvigatelni diagnostika qiliş uçun “UzAuto Motors”ning rasmiy servis markazlariga murojaat qilişingiz zarur. Sifatsiz benzinni işlatiş natijasida kelib çiqadigan salbiy oqibatlardan qoçiş uçun quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
Avtomobilingiz uçun yoqilğini faqat işonçli yoqilği quyiş şaxobçalaridan quying;
Yoqilğini konteynerlarda hamda maxsus sertifikatga ega bölmagan yoqilği quyiş maşinalaridagi jismoniy şaxslardan sotib olmang;
Qöşimça moddalar qöşiş orqali sun’iy ravişda yuqori oktan raqamiga ega bölgan yoqilğidan foydalanmang;
Avtomobilingizga yoqilği quyiş paytida har doim tölov qoğozini sörang va uni saqlab qöying.
Va eng muhimi: avtomobilning yaxşi texnik holatini saqlab qoliş uçun faqat işlab çiqaruvçi tomonidan tavsiya etilgan yoqilğidan foydalaning (avtomobil qöllanmasida tavsiya etilgan yoqilğilar bilan tanişib çiqing).