“BYD Uzbekistan Factory” MÇJ QK BYD’ning Xitoydan taşqaridagi zavodlari orasida birinçi bölib “Uç yulduzli zavod” (Three-Star Factory) sertifikatiga ega böldi.
Mazkur natija BYD’ning “Star Rating” baholaş tizimi doirasida ötkazilgan ikki bosqiçli audit yakunlariga köra tasdiqlandi. Audit jarayonida zavodning sifat menejmenti tizimi, işlab çiqariş samaradorligi, jarayonlar nazorati va boşqaruv mexanizmlarining BYD’ning “Star Rating” baholaş tizimi hamda IATF 16949 xalqaro standarti talablariga töliq mosligi e’tirof etildi.
Uşbu tarixiy natija “BYD Uzbekistan Factory” uçun yangi strategik imkoniyatlarni oçadi — keng eksport bozorlariga çiqiş, yangi avtomobil modellarini özlaştiriş hamda ilğor texnologiyalarni joriy etiş uçun mustahkam va işonçli platforma yaratadi.