Bugun ertalab soat 9:00 dan boşlab Chevrolet Onix avtomobilini sotib oliş uçun şartnoma tuziş boşlandi va soat 13:45 holatiga köra, 13566 dan ortiq şartnomalar imzolandi. Jami tuzilgan şartnomalarning 55 foizi Onix’ning LTZ Turbo AT komplektatsiya uçun tuzilgan bölib, xaridorlar orasida ommabop böldi.

Şuningdek, doimgidek bir şaxs nomiga ikki va undan ortiq avtomobil xarid qiladiganlarning yuqori uluşi kuzatilmoqda: 7 380 nafar xaridor, bu xaridorlar sonining 45% dan ortiğini taşkil etadi.
Qayd etiş joizki, “tadbirkorlar”ning oson daromad topişga bölgan yuqori qiziqişi, eng avvalo, öz ehtiyojlari uçun avtomobil sotib olmoqçi bölgan iste’molçilar uçun noqulayliklarni yuzaga keltirib, ortiqça talabni şakllantiradi.
Şuningdek, UzAuto Motors “Biznesmenlar”ning emas, aksinça aholi ehtiyojlarini qondiriş uçun prioritetlar tizimini joriy qildi. Unga köra, avtomobillar qayta sotiş uçun emas, balki şaxsiy ehtiyoji uçun avtomobil sotib olayotgan mijozlarga avtomobillarni yetkazib berişni birinçi öringa qöyadi.
Avtomobillarni qayta sotiş ehtimoli bilan tuzilgan şartnomalar aniqlangan taqdirda, kompaniya şartnoma şartlariga muvofiq (3.1.2 bandga muvofiq) avtomobilni yetkazib beriş muddatini qöşimça 120 kunga oşiradi. Şu munosabat bilan, xaridorlardan şartnomani imzolaşdan oldin uning barça bandlari bilan töliq tanişib çiqişlarini iltimos qilamiz.
Uşbu çora-tadbirlar avtomobillarni xaridorlarga yetkazib beriş muddatini qisqartiriş, aholi örtasidagi talabni qondiriş imkonini beradi.
E’tibor bering, şartnomalarning köp tuzilganligiga qaramay, amaliyot şuni körsatadiki, 60 foizgaça tuzilgan şartnomalarning tölovlari vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli bekor qilinadi. Natijada, 7 kundan söng, tölangan şartnomalar soni sezilarli darajada kamayib, Chevrolet Onix yetkazib beriş muddati qisqarişi kutilmoqda.
